Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Astraxan davlat texnika universiteti (Baliq xöjaligi, biologiya va tabiatdan foydalaniş instituti)ning Toşkent filiali faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, «Özbekbaliqsanoat» uyuşmasi va Astraxan davlat texnika universitetining (Rossiya Federatsiyasi) Qibray şahrida (Toşkent viloyati) Astraxan davlat texnika universiteti (Baliq xöjaligi, biologiya va tabiatdan foydalaniş instituti)ning filialini ta'sis etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.
Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yönalişlari etib belgilanadi:
baliqçilik tarmoği ehtiyojlarini qondiriş uçun işlab çiqariş va eng muhim ilmiy-tadqiqot vazifalarni hal etişga qodir bölgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro ta'lim standartlari darajasida tayyorlaş;
akvakulturani rivojlantiriş, tabiiy va sun'iy suv havzalaridan oqilona foydalaniş, baliq mahsulotlarini işlab çiqariş va qayta işlaş quvvatlarini kengaytiriş, şuningdek, baliq yetiştirişning ilmiy asoslangan usullari va intensiv texnologiyalarini joriy etiş, baliqlarni parvarişlaş, inkubatsiyalaş, oziqlantiriş, tovar baliq yetiştiriş, xorij texnologiyasi asosida sovuq suvda yaşovçi baliqlarni iqlim şaroitimizga moslaştirişning ilmiy asoslarini işlab çiqiş va takomillaştiriş;
Rossiya Federatsiyasi Astraxan davlat texnika universitetining boy tajribasidan foydalangan holda fan, ta'lim va işlab çiqariş integratsiyasini amalga oşiriş;
innovatsion va zamonaviy intensiv texnologiyalarni keng joriy qiliş, şu jumladan qafas (sadok) usulida, yopiq suv ta'minoti qurilmalarida baliq yetiştiriş, sun'iy suv havzalari hosildorligini oşiriş böyiça ilğor xorijiy tajribalarni tatbiq etiş;
öquv rejasi va fan dasturlarida soha böyiça zamonaviy işlab çiqariş jarayonlari, yuqori unumli va resurs tejamkor ilğor texnologiyalar böyiça bilimlarni aks ettiriş, ta'lim beriş jarayonida nazariya va amaliyot uyğunligini ta'minlaş orqali bitiruvçilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoşligini oşiriş;
zamonaviy texnologiyalarga oid yangi bilim va könikmalarni çuqurlaştirişni hisobga olgan holda talabalarni öqitişning ilğor usullarini işlab çiqiş va öquv jarayoniga joriy etiş;
professor-öqituvçilar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini oşiriş va stajirovkalarini taşkil etişda hamkorlikni rivojlantiriş, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib boriş hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etiş, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-texnik vazifalarni hal etişga yönaltirilgan amaliy va innovatsion izlanişlarni amalga oşiriş.
Belgilab qöyilişiça:
Filial oliy ta'lim muassasasi - yuridik şaxs maqomiga ega bölgan notijorat taşkilot şaklidagi Özbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi;
Filial Astraxan davlat texnika universiteti (Baliq xöjaligi, biologiya va tabiatdan foydalaniş instituti)ning (Rossiya Federatsiyasi) alohida bölinmasi sifatida kadrlarga bölgan talabni hisobga olgan holda, boş muassasa bilan kelişilgan öqitişning asosiy yönalişlari böyiça mutaxassislar tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oşiradi, şu jumladan, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydi;
Filialning ta'lim faoliyati 2019/2020 öquv yilidan boşlanadi;
Filialga qabul kvotasi manfaatdor vazirlik va idoralarning kadrlarga bölgan ehtiyoji hisobga olingan holda, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, “Özbekbaliqsanoat” uyuşmasi, boş muassasa bilan kelişilgan holda tayyorlangan, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining asoslantirilgan takliflari böyiça Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi;
Filialda öqitiş Özbekiston Respublikasi davlat ta'lim standartlari talablarini e'tiborga olgan holda boş muassasa tomonidan tasdiqlangan öquv rejalari va dasturlar böyiça amalga oşiriladi;
abituriyentlarni qabul qiliş va Filial bitiruvçilarining attestatsiyasi boş muassasa tomonidan Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelişilgan holda belgilanadigan talab, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oşiriladi;
Filial bitiruvçilariga Özbekiston Respublikasida oliy ta'lim töğrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Astraxan davlat texnika universiteti (Baliq xöjaligi, biologiya va tabiatdan foydalaniş instituti)ning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.
Toşkent viloyati hokimligi va Özbekiston Respublikasi Oliy
va örta maxsus ta'lim vazirligining:
Toşkent viloyati Qibray tumani, Qoramurt köçasi 1-uyda joylaşgan Qibray Moliya-iqtisod kasb-hunar kollejining bino va inşootlarini tegişli hududlari bilan birga Filialga operativ boşqariş huquqi asosida bepul beriş;
Filial bino va inşootlarini rekonstruksiya qiliş işlari tugallangunga qadar, uni vaqtinça Toşkent davlat agrar universitetining Toşkent viloyati, Qibray tumani, Universitet köçasi, 2-uy manzilidagi öquv binolariga tekin foydalaniş huquqi bilan joylaştiriş töğrisidagi takliflariga rozilik berilişi mumkin.
Belgilab qöyilişiça:
Filial faoliyatini moliyalaştiriş:
Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligiga talabalarni, lekin Filialga ta'lim oliş uçun qabul qilinadigan talabalar umumiy sonining 40 foizidan ortiq bölmagan holda, davlat granti asosida öqitişga ajratiladigan Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablağlari;
talabalarni tölov-kontrakt asosida öqitişdan tuşadigan mablağlar;
yuridik va jismoniy şaxslarning homiylik xayriyalari hamda maqsadli badallaridan Vasiylik kengaşi qarorlari asosida şakllantiriladigan pul mablağlari;
xalqaro moliya institutlari grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşiriladi.
Filialning dastlabki faoliyatini yölga qöyiş bilan boğliq xarajatlar (mebel, kompyuter texnikasi, öquv adabiyotlari va boşqa moddiy-texnika vositalari xarid qiliş) Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining Oliy ta'lim muassasalarini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplanadi.












