Oliy Majlis Qonunçilik palatasi axborot xizmatining xabar berişiça, şu kunlarda quyi palatada “Transport töğrisida”gi qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqiş uçun tayyorlanmoqda. Loyihada xalqaro transport yölaklarini rivojlantirişda yiğilib qolgan jiddiy muammolarni hal qiliş közda tutilgan.
“Qonun loyihasiga mas'ul — Sanoat, quriliş va savdo masalalari qömitasi a'zolarining fikriça, bugungi kunda transport faoliyatini tartibga soluvçi alohida qonun hujjatlari mavjud bölib, bulardan “Avtomobil transporti töğrisida”gi, “Temir yöl transporti töğrisida”gi qonunlar, Havo kodeksi va boşqa köplab qonun hujjatlarini keltiriş mumkin. Biroq barça turdagi transportlarning optimal, muvozanatlaşgan va uyğunlaşgan özaro aloqasini ta'minlaydigan, ularni samarali logistika, aralaş yönalişlar sonini kengaytiriş orqali yagona transport tarmoğiga integratsiya qiliş yöllarini aniqlaydigan yagona qonun yöq.
Transport turlari — aviatsiya, temir yöl, avtomobil, suv transporti — bir-biridan alohida, öz sohasiga oid maqsadlarga intilib rivojlangan. Aslida, transport yöllarida mazkur transport turlari örtasida özaro muvofiqlaştiriş mavjud emas.
Körib çiqilayotgan “Transport töğrisida”gi qonun loyihasi va tarmoq qonun hujjatlari teng yuridik kuçga ega. Sanab ötilgan barça qonun hujjatlari (rejalaştirilgani ham, amaldagilari ham) bir-biriga zid bölmagan, bir vaqtning özida işlaydigan, bir-birini töldiradigan va töğridan-töğri amal qiladigan normalarni belgilaydi”, deydi quyi palata axborot xizmati rahbari Hojiakbar Tölaganov.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Sanoat, quriliş va savdo masalalari qömitasi raisi Vahobjon Muratqobilovning qayd etişiça, uşbu qonun loyihasining maqsadi — avtomobil, havo, suv, temir yöl, şahar yölovçi transporti faoliyati va hamkorligining huquqiy, iqtisodiy hamda taşkiliy asoslarini belgilaşdan iborat.
“Qonun loyihasini işlab çiqiş paytida idoralararo işçi guruhi tomonidan barça tarmoq qonun hujjatlarini yagona qonunga birlaştiriş masalasi körib çiqilgani diqqat markazimizda böldi. Masalan, AQŞda katta hajmli Model transport kodeksi bor. Bunday birlaştiriş maqsadga muvofiq emas, degan qapop qabul qilingan. Bu qançalik töğri yoki notöğriligini, albatta, uni yanada muhokama qiliş çoğida körişimiz mumkin.
Mazkur qonun loyihasini işlab çiqişda taşiş şartnomasini tuziş, kira haqi, taşiş şartnomasidan kelib çiqadigan majburiyatlar böyiça javobgarlik va boşqalar asosida amalga oşiriladigan tijorat transport faoliyatini nazarda tutuvçi Fuqarolik kodeksining yölovçi, bagaj va yuk taşişga oid bobi asos qilib olingan.
Mamlakat transport kompleksi rivoji uçun tranzit siyosati birinçi darajadagi muhim omillardan sanaladi. Taklif etilayotgan qonun loyihasining yana bir muhim jihati xalqaro transport yölaklarini rivojlantirişda yiğilib qolgan jiddiy muammolarni hal qiliş uçun möljallanganidir”, deydi u.
Qömita raisining ta'kidlaşiça, qonun loyihasida transport faoliyatini davlat tomonidan tartibga soliş va boşqariş, Vazirlar Mahkamasi, Transport vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, şuningdek, uşbu sohada davlat nazorati, transport faoliyatini litsenziyalaş, transport vositalarini sertifikatlaş va transport tariflari aks etgan. Şu bilan birga, Vazirlar Mahkamasiga bir qator vakolatlar beriş közda tutilmoqda. Bularning barçasi qonun loyihasi muhokamasi davomida mufassal körib çiqiladi.
Uşbu hujjat qabul qilingan taqdirda qonunçilikdagi mavjud kamçiliklar bartaraf etilişi, transport faoliyatini, şu jumladan, aralaş taşişlarni amalga oşirişda transport taşkilotlari va ular xizmatlaridan foydalanuvçilar özaro hamkorligining huquqiy asoslari yaratilişi, milliy transport tizimining xalqaro transport-logistika tizimiga integratsiyalaş jarayonlarini çuqurlaştiriş uçun şart-şaroitlar yaratilişi kutilmoqda.












