Prezident Şavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni Samarqand şahrida transport tizimini rivojlantiriş böyiça rejalar taqdimoti bilan tanişdi.

Prezident matbuot xizmati qayd etişiça, Özbekistonning Taraqqiyot strategiyasida Samarqand şahrini istiqbolda «millionlik şaharlar»ga aylantiriş maqsadi belgilangan. Buning uçun joriy yilda şahar hududi 28 ming gektar qilib kengaytiriladi. Kelgusi beş yilda Qorasuv mavzesi, Şirin mahallasi va vokzal ortidagi hududda 300 ming aholiga möljallangan yangi uy-joylar barpo etiladi. Şuningdek, turistlar soni 5 million nafarga yetişi kutilmoqda.

Bularning barçasi şaharning transport tizimi, yöllari va yöl infratuzilmasini yangidan körib çiqişni taqozo etmoqda.

Hozirda doimiy aholi va tumanlardan keluvçilarni qöşib hisoblaganda, Samarqand şahrida kuniga 925 ming kişi harakatlanadi. Ularning katta qismi – 592 ming nafari şaxsiy avtomobillarda yuribdi. Jamoat transportidan bor-yöği 330 mingdan ziyod aholi foydalanyapti.

Bunga sabab jamoat transporti qatnovi qulay va barqaror emas. Taşuvçilar aholining ehtiyojidan kelib çiqib emas, kunning «eng daromadli» paytida harakat qiladi. Sönggi ikki yilda 38 ta marşrut norentabellik sababli töxtagan, 300 ta avtobus yetişmaydi.

Şu bois davlat rahbari Samarqand şahrida jamoat transporti tizimini rivojlantiriş böyiça topşiriq bergandi. Taqdimotda xorijiy ekspertlar iştirokida işlab çiqilgan takliflar muhokama qilindi.

Unga köra, jamoat transporti tarmoği magistral, yetkazib beruvçi va içki yönalişlarga ajratiladi. Hozirgiga qöşimça 40 ta yangi yönaliş, xususan, aeroport, vokzal va tarixiy markazlarni boğlaydigan 5 ta ekspress yönaliş taşkil etiladi. Avtobuslar katta siğimlisiga almaştirilib, markaziy köçalarda ularning harakati uçun alohida yölak ajratiladi. 2022 yilda 80 ta, 2023 yilda 100 ta elektrobus olib kelinadi. Bekatlar soni köpaytiriladi. Samarqand şahar hokimligi tarkibida Transport bölimi taşkil etiladi. 1 iyuldan boşlab, Samarqand viloyati budjetidan şahar transportiga subsidiya ajratiş yölga qöyiladi.

Davlat rahbari bu işlarda ilğor texnologiyalarni qöllaş, yöl harakatini boşqarişni raqamlaştiriş masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

«Hayot tezlaşdi, odamlarning faolligi oşdi. Lekin jamoat transporti avvalgiday turibdi.