Vazirlar Mahkamasining “Yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş va axborot multimedia markazi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Prezidentning “Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2020 yil 26 maydagi PQ–4730-son qarori bilan “Axborot va kompyuter texnologiyalari markazi” davlat muassasasi “Yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş va axborot multimedia markazi” davlat muassasasi etib qayta nomlangan.

“Axborot va kompyuter texnologiyalari markazi” davlat muassasasi qayta nomlanganligi munosabati bilan uning mavjud ştat birliklarini hamda moliyalaştirişning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda “Yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş va axborot multimedia markazi” davlat muassasasiga örnatilgan tartibda ötkaziladi, mehnatga oid munosabatlari bundan mustasno.

Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

yoş ijodkorlarning, ayniqsa, çekka qişloq va mahallalardagi iqtidorli yoşlarning noyob iste'dodini röyobga çiqariş va ular faoliyatini tizimli ravişda keng tarğib etiş maqsadida prodyuserlik faoliyatini taşkil etiş;

ösib kelayotgan yoş avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalaş, madaniyat va san'at borasida yoşlarning intilişlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida konsert va festivallar, körik-tanlovlar, turli madaniy şou-tomoşa tadbirlarini ötkaziş;

jahon xalqlari milliy musiqa va qöşiqçilik san'atining noyob namunalarini yoşlar orasida keng tarğib qiliş, Özbekiston Respublikasiga taşrif buyuradigan hamda yurtimizdan xorijga çiquvçi yoş xonanda, sozanda va badiiy jamoalarning gastrol safarlarini milliy xususiyatlarimizga muvofiq yuqori badiiy saviyada uyuştiriş;

yoşlarning ijodiy birlaşmalari, jamoalari va yakkaxon ijroçilarning faoliyati, repertuari, ssenariylari, dasturlarining yuqori ğoyaviy-badiiy saviyasini ta'minlaşga amaliy yordam beriş, uşbu jarayonni muvofiqlaştiriş va tahlil qilib boriş;

yoşlar uçun tajriba almaşiş seminarlari, ilmiy-ijodiy simpoziumlar, konferensiyalar, mahorat darslari taşkil etiş;

teatr, konsert va tomoşa sahnalari, madaniyat, san'at markazlari, madaniyat va istirohat boğlari, amfiteatrlar va boşqa madaniy-tomoşa muassasalaridan samarali foydalanib, milliy qadriyat va an'analarga sodiq qolgan holda şou-tadbirlar, konsert dasturlari, turli marosim va bayramlar hamda öziga xos kreativ loyihalarni taşkil etiş;

Markazning öziga xos va faoliyat turidan kelib çiqqan holda, zamonaviy şakl hamda dizaynga ega bölgan leyblini işlab çiqiş va tasdiqlaş;

Markaz faoliyatini rivojlantiriş unga tadbirkorlik sub'yektlari va homiylarni jalb etiş böyiça taşkiliy amaliy çoralarni köriş;

zamonaviy multimedia texnologiyalardan foydalangan holda kreativ yondaşuvlar asosida yoş iqtidorlarning ijodiy faoliyatini rivojlantiriş;

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va uning tizimidagi taşkilotlar, hududiy boşqarmalar tomonidan sohada amalga oşirilayotgan işlar bilan keng jamoatçilikni yaqindan taniştiriş böyiça tarğibot-taşviqot işlarni amalga oşiriş;

madaniyat va san'at sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritilişida iştirok etiş.