Bu raqamlardan biliş mumkinki, Özbekistonda deyarli 9 million kişi rasmiylaştirmagan holda faoliyat yuritmoqda.
Bular kimlar?
Uşbu toifaga xorijiy davlatlarda işlayotgan 2,5 millionga yaqin migrantlar, dehqon xöjaliklarida va tomorqa yerida band bölgan 1,5 milliondan ortiq kişi, quriliş sohasida, bozorlar, maişiy xizmat körsatiş va mavsumiy işlarda band bölgan 4 milliondan ortiq kişini kiritiş mumkin.
Uşbu fuqarolar öz faoliyatlarini rasmiylaştirmagani hamda Pensiya jamğarmasiga tölovlar amalga oşirmagani uçun kelgusida ijtimoiy himoyadan, jumladan pensiya ta'minotidan mahrum bölişi ehtimoli mavjud.
Faoliyatni rasmiylaştiriş yanada osonlaşdi
Özini özi band qilgan fuqarolar öz faoliyatlarini rasmiylaştirişlarini soddalaştiriş, yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy korxonalarga qulaylik yaratiş maqsadida, prezident tomonidan joriy yilning 8 iyun kuni PQ-4742-son qaror imzolandi.
Qarorda özini özi band qilgan fuqarolarga joriy yilning iyul oyidan boşlab köplab imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, bunday şaxslar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat turlari röyxati kengaytirilib, 67taga yetkazildi (avvalgi tartib böyiça özini özi band qilgan fuqarolarga ruxsat etilgan faoliyat turlari soni 24tani taşkil etgan).
1 iyuldan boşlab:
- vaqtinçalik mehnat guvohnomalari bekor qilinib, özini özi band qilganlarga maxsus mobil ilova yoxud soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali röyxatdan ötiş imkoniyati yaratiladi (röyxatga oliş dalili matritsali ştrix kod - QR-kod bilan tasdiqlanadi);
- özini özi band qilganlar ijtimoiy soliqni 2020 yil uçun bazaviy hisoblaş miqdorining kamida 50 foizi, ya'ni 111 500 söm miqdorida mablağ tölaş evaziga yil davomida rasmiy ravişda faoliyat yuritişlari mumkin.
Eng asosiysi, uşbu talablarni bajargan taqdirda fuqarolar kelgusida pensiya yoşiga yetganlarida pensiya ta'minotini oliş huquqiga ega böladilar.
Bu qanday amalga oşiriladi?
Iyul oyidan boşlab özini özi band qilgan fuqarolarni masofadan röyxatga oliş möljallangan mobil ilova joriy qilinadi.
Bu mobil ilova orqali fuqarolar nafaqat faoliyatlarini röyxatdan ötkazişlari, balki buyurtmalarni qabul qiliş va tölovlarni amalga oşiriş, elektron hisob-kitob fakturalarni taqdim qiliş, daromadlar va xarajatlar hisobini yuritiş hamda öz tovarlarini (işlarini, xizmatlarini) reklama qiliş imkoniyatiga ega böladilar.











