Pensiya jamğarmasi direktori Murod Otajonovning ma’lum qilişiça, amalda pensiya hisoblaşda oylik iş haqining maksimal hisobga olinadigan qismi 6 million söm bilan çeklangan. Şu sababli, oyligi 15 million söm bölgan xodim ham eng yuqori pensiya sifatida taxminan 3,3 million söm oladi. Yangi taklifga köra, uşbu çeklovni oşiriş közda tutilgan.
Şuningdek, yangi ixtiyoriy jamğarib boriladigan pensiya tizimini joriy etiş rejalaştirilmoqda. Unga köra, xodim öz oylik maoşining 5 foizini ixtiyoriy ravişda pensiya jamğarmasiga yönaltirsa, davlat uşbu mablağning yana 50 foizini qöşib beradi. Masalan, oyligi 7 million söm bölgan xodim amaldagi tizimda 20 yilda taxminan 5 million söm jamğarsa, yangi tizimda bu körsatkiç 126 million sömga yetişi mumkin.
Takliflar orasida pensiya hisoblaş tartibini ham özgartiriş nazarda tutilgan. Pensiya miqdori oxirgi 10 yildagi istalgan 5 yillik iş haqi asosida emas, balki 20 yillik mehnat faoliyati davomidagi iş haqidan kelib çiqqan holda hisoblanişi rejalaştirilmoqda.
Bundan taşqari, «Mening pensiyam» mobil ilovasini işga tuşiriş közda tutilgan. Yangi ilova orqali fuqarolar mehnat staji, iş haqi, tölangan ijtimoiy soliqlar hamda jamğarilgan pensiya mablağlarini real vaqt rejimida kuzatib boriş imkoniyatiga ega böladi.







