Qarorga köra, 2026-yil oktabr – dekabr oylarida tajriba-sinov tariqasida Pensiya jamğarmasining quyidagi tuman (şahar) bölimlaridagi pensiya va boşqa tölovlarni tayinlaş hamda tölaş bilan boğliq vazifalar hududiy boşqarmalarga ötkaziladi:

  • Andijon viloyati – Andijon şahri va Oltinköl tumani;

  • Samarqand viloyati – Samarqand şahri;

  • Xorazm viloyati – Urganç va Xiva şaharlari hamda Şovot va Yangiariq tumanlari;

  • Sirdaryo viloyati – tuman (şahar) bölimlari.

Hududiy boşqarmalarda har bir tuman (şahar) uçun 3 kişidan iborat komissiya, tuman (şahar) bölimlarida esa fuqarolarga xizmat körsatuvçi xodimlar faoliyati taşkil etiladi.

Davlat pensiyalarini tayinlaş va tölaş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritildi. Unga köra, quyidagi xizmatlar fuqaroning murojaatini talab etmagan holda proaktiv şaklda körsatiladi:

  • nogironlik guruhi qayta belgilanganda yoki muddati uzaytirilganda nogironlik pensiyasi tölovini davom ettiriş;

  • I guruh nogironligi belgilanganda pensiyani qayta hisoblaş;

  • oila aʼzolari soni özgarganda boquvçisini yöqotganlik pensiyasi tölovini davom ettiriş;

  • 100 yoşga tölgan fuqarolarga qöşimça tölovni tayinlaş va tölaş;

  • ID-karta muddati tugaşi yoki muddatidan oldin yangilanişi munosabati bilan pensiya tölovini davom ettiriş.

Komissiya ariza tuşgandan keyin ön kun içida tegişli qaror qabul qiladi.

Pensiya jamğarmasi bir oy muddatda Özbekistondan taşqarida bölgan pensionerlarning pensiya tölovlarini oliş huquqini tasdiqlaşda “MyID” axborot tizimi orqali şaxsni tasdiqlaş imkonini yaratadi.