DSQ soliq tölovçilarga tölov muddati tugagaç, uç kun içida qonun hujjatlariga muvofiq tölov topşiriqnomalarini şakllantiriş va soliqlarni elektron şaklda tölaş imkoniyatini bermoqda. Bundan taşqari, endi inkasso topşiriqnomasi qöyişdan oldin, soliq tölaş sanasidan keyingi kundan keçiktirmay, DSQ soliq tölovçining şaxsiy kabinetiga soliq majburiyatini bajariş zarurligi töğrisida talabnoma ham yuboriladi.

Uşbu jarayon markazlaşgan holda taşkil etiladi, ya'ni soliq majburiyatlari öz vaqtida (3 kun) bajarilmaganda, DSQ markaziy apparatidan maxsus dasturiy mahsulot orqali bankka avtomatik ravişda inkasso topşiriqnomasi yuboriladi.

Qanday hollarda soliq organi soliq tölovçining bank hisobvarağiga inkasso topşiriqnomasi qöymaydi?

  1. Soliq kodeksida belgilangan tölov muddati yetib kelgunga qadar soliq tölovçi tomonidan bank hisobvarağiga bajarilmagan soliq majburiyati böyiça tölov topşiriqnomasi taqdim etgan bölsa;
  2. Boşqa soliq turi böyiça ortiqça tölovi soliq qarzdorligiga teng yoki undan kam miqdorni taşkil etsa, inkasso topşiriqnomasi qöyilmaydi.

Mazkur tizimni işga tuşirişdan maqsad nima:

  • birinçidan, soliqlarning tölov muddatidan keyingi sanadan soliq tölovçining bank hisobvarağiga inkasso topşiriqnomasi qöyiş orqali ortiqça soliq summasi yeçib olinişiga çek qöyiş;
  • ikkinçidan, soliq majburiyatlarining bajarilişi böyiça barça soliq tölovçilarga bir xil yondaşuv prinsipiga amal qiliş;
  • uçinçidan, inkasso topşiriqnomasi qöyişda inson omili iştirokini butunlay bartaraf etiş orqali uşbu jarayon şaffofligini ta'minlaş;
  • törtinçidan, soliq tölovçilarga nisbatan ma'muriy jazo çoralari qöllanişining oldini oliş.

Eslatma, Soliq kodeksining 115-moddasida, soliq tölovçi bank hisobvarağida pul mablağlari bor-yöqligidan qat'i nazar, Soliq kodeksda belgilangan tölov muddatidan keçiktirmasdan soliqlarni tölaş uçun tölov topşiriqnomasini xizmat körsatuvçi bankka taqdim etişi şart.

Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 175-moddasida soliq tölovçilar tomonidan soliqlarni tölaş uçun tölov topşiriqnomasini xizmat körsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki öz vaqtida taqdim etmaslik uçun javobgarlik belgilangan.