Yuk maşinalarini yiğiş joyi hali aniqlanmadi, faqat Tesla Semi uçun batareya va kuç uskunasi kompaniyaning Nevadadagi zavodida işlab çiqarilişi ma'lum böldi. Bozor Semi’ning seriyali çiqarilişi töğrisidagi yangilikka Tesla aksiyalari narxining 1000 dollardan oşib ketişi bilan reaksiya bildirdi. Birinçi marta kompaniyaning qiymati 190 milliard dollarga yetdi va dunyodagi eng qimmat avtomobil işlab çiqaruvçisi bölgan Toyota'ga (215 milliard dollar) yaqinlaşdi.

Tesla rahbari Ilon Mask xodimlarga maktubida Semi elektr yuk maşinasini ommaviy işlab çiqariş vaqti kelganligini yozdi. «Batareya va kuç uskunasi Nevada ştatidagi Giga zavodida işlab çiqariladi», - deyiladi Reuters jurnalistlari tanişib çiqqan maktubda. Qolgan işlarni boşqa fabrikalar öz zimmasiga olişi mumkin, deb xabar beradi TechCrunch.

«Tesla Semi’ni seriyali işlab çiqarişni boşlaş vaqti keldi. Bungaça u çeklangan miqdorda işlab çiqarilgan bölib, bu bizga dizaynning köp qirralarini yaxşilaşga imkon berdi», - deyiladi xodimlarga murojaatda. Mask işlab çiqariş qaçon boşlanişiga aniqlik kiritmagan.

Ammo, «Tvitter»da u Semi seriyali işlab çiqarilişi haqidagi miş-mişlarni tasdiqlaşi borasida berilgan savolga aniq javob qaytardi. «Ha», - dedi Mask.

Uoll-strit uçun bu yetarli böldi. Tesla aksiyalari 6 foizga kötarilib, 1000 dollarlik körsatkiçdan oşdi. Çorşanba kungi savdolarning yakunida kompaniyaning bozor qiymati 190 milliard dollarga yetdi. Yil boşidan beri kompaniya aksiyalari narxi bozorning qolgan qismini ança ortda qoldirib, 132 foizga ösdi.

Darhaqiqat, şu paytgaça Tesla Semi elektr yuk maşinasi AQŞ yöllarida vaqti-vaqti bilan köriniş berardi. Qişda yuk maşinasi Kanada bilan çegarada payqalgan, öşanda u qişki sinovlar uçun Alyaskaga ketayotgan bölgan.

Birinçi marta yuk maşinasi 2017 yil noyabr oyida debyut qildi. Dastlab, e'lon qilingan yuriş masofasi zaxirasi 500-800 km edi, keyin bu raqam 1000 km.ga kötarildi. Yuk kötarişi - taxminan 36 tonna. Ötgan yili ötkazilgan sinovlar buni tasdiqladi.