1 avgustdan davlat maktabgaça ta'lim taşkilotlari faoliyatiga ruxsat beriladi. Bu haqda respublika maxsus komissiyasi qarorida ma'lum qilingan.

«Davlat maktabgaça ta'lim taşkilotlarining tarbiyalanuvçilarni qabul qilişga puxta tayyorlaş, şu jumladan sanitariya-gigiyenik qoidalar va xavfsizlik çoralarini töliq ta'minlaş maqsadida ularning faoliyatiga joriy yilning 1 avgustidan boşlab ruxsat beriladi», deyiladi qarorda.

Bunda: 

  • davlat maktabgaça ta'lim taşkilotlari binolari doimiy ravişda dezinfeksiya qilinadi, ularga kiriş-çiqiş joylari pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «töşaklar» bilan jihozlanadi;
  • xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qölqopdan foydalanadi va ijtimoiy masofani saqlaydi; 
  • tana harorati 37 daraja va undan yuqori bölgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bölgan xodim va tarbiyalanuvçilar maşğulotlarga kiritilmaydi.  

Komissiya qarorida 15 iyundan «yaşil» va «sariq» hududlarda nodavlat maktabgaça ta'lim taşkilotlari faoliyatiga ruxsat berilgani eslatilib, bunda maktabgaça ta'lim taşkilotlarida maşğulotlarni 15 kişidan ortiq bölmagan guruhlarda taşkil etiş töğrisidagi çeklov bekor qilinganini qöşimça qilgan. 

«Bunda, nodavlat maktabgaça ta'lim taşkilotlarida tarbiyalanuvçilar örtasida koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini olişga qaratilgan karantin çeklovlariga qat'iy rioya etilişi böyiça mas'uliyat maktabgaça ta'lim taşkiloti ma'muriyati hamda tarbiyalanuvçilarning ota-onalari yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar zimmasiga birdek yuklatiladi», deyiladi xabarda.