Farğonada davlat boğçasida 6 yoşli bola tok urişi holati yuzasidan boşqa masʼullar ham sudlanişi mumkin. Farğona viloyati sudlari holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinişiça, JIB Farğona şahar sudining hukmiga köra boğça tarbiyaçisi, “Faxr” XK iş yurituvçisi va Farğona tumani elektr taʼminoti korxonasi elektromontyori Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga tegişli jazolar tayinlangan.

Şuningdek, sudning hukmi bilan sudlanuvçilardan bola otasi foydasiga 45 mln söm miqdorida maʼnaviy zarar undiriş belgilangan.

Bundan taşqari, apellyatsiya sudi tomonidan boğça mudiri, “Faxr” MÇJ rahbari va tuman elektr taʼminoti korxonasi mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi qözğatiş masalasini hal qiliş uçun Farğona şahar prokuroriga ajrim kiritilgan. 

Ayni paytda bolaning otasi tomonidan Farğona viloyat sudiga taftiş tartibida şikoyat keltirilgan bölib, sud davomida jazo va zarar summasi qayta körib çiqilişi mumkin.

Eslatib ötamiz, Kun.uz avvalroq Farğona şahrida joylaşgan
66-son davlat boğçasida 6 yoşli bola yer ostiga örnatilgan, atrofi öralmagan yuqori kuçlanişli transformator punktiga tuşib ketib, jiddiy
jarohat olgani haqida suriştiruv eʼlon qilgandi. Bolaning otasi
Kun.uz'ga qayta murojaat yöllab, öğlida kuyiş asoratlari qolgani, tegişli taşkilotlar javobgarlikdan qoçayotgani, bölib ötgan sud hukmidan norozi ekanini maʼlum qildi. 

“Men öşa kuni öğlimni boğçaga soğ-omon topşirgan edim. Öğlimni qölimdan olişsin, çet elga olib borişadimi yoki özimizda davolaşadimi, tuzatib berişsin. Dori oliş uçun yoki boşqa bir zaruratdan telefon qilsangiz, ayb işni qilib qöyganlar kötarişmaydi. Xohlasa javob beradi, xohlamasa yöq”, degan ota.