Gallup tadqiqot xizmatining 4 iyun kuni e'lon qilingan örganişlari natijalari Oq uy uçun syurpriz böldi. Sotsiologlarning fikriça, bir oy içida prezidentning reytingi 10 punktga qulagan - bugungi kunda uning faoliyatini amerikaliklarning 39 foizigina ma'qullamoqda. Bunday natijaga Oq uy rahbarining koronavirus epidemiyasi vaqtidagi harakatlari va mamlakatdagi iqtisodiy ahvol sabab bölmoqda.
Ikki kun ötib Reuters naşrida e'lon qilingan tadqiqot natijalariga köra esa, Trampning ommaviy namoyişlar vaqtidagi qarorlarini aholining 33 foizigina qöllaşi ma'lum böldi. Söralganlarning 57 foizi uni adekvat emas deb hisoblaşmoqda.
ABC-Washington Post, Monmouth, Quinnipiac va hatto Trampga moyil bölgan Fox News telekanali ötkazgan tadqiqotlar natijalari ham şunga öxşaş.
Prezidentlik saylovida ovoz berişga 5 oy vaqt qolgan kunlarda saylovooldi reytingi keskin qulaşi AQŞ prezidentini jiddiy taşvişga solgan körinadi. Ötgan haftada Trampning saylovoldi ştabi uy oylik tanaffusdan keyin Oq uy rahbari tarafdorlarining ommaviy aksiyalari tiklangani haqida ma'lum qildi.
Bu taşabbus esa Qöşma Ştatlarda yangi siyosiy mojaroga turtki berdi.
Juneteenth nima degani?

Ötgan haftaning çorşanbasida Trampning saylovoldi ştabi 19 iyun kuni Oklahomadagi Tulsa şahrida joylaşgan stadionda prezident tarafdorlarining ilk ommaviy mitingi ötkazilişi haqida e'lon qildi. Stadion qariyb 19 ming kişini siğdira oladi, ştabdagilar bu orqali epidemiya şaroitida ommaviy mitinglar ötkazmaslik haqidagi ogohlantirişlarni inkor qilmoqda.
Aksiyaning rasmiy saytida e'lon qilingan qisqa xabarda, Trampni şaxsan qöllab-quvvatlaş uçun kelmoqçi bölganlar miting vaqtida koronavirusdan zararlangudek bölişsa, prezident ştabidan tovon puli talab qilmasligi va sudga murojaat qilmasligi haqida ariza yozişi kerakligi aytilgan.
Avvaliga bu xabar ijtimoiy tarmoqlarda oddiy istehzoli şarhlarga sabab böldi. Köp ötmasdan miting ötkaziladigan joy sifatida aynan Tulsa tanlangani va miting ötkaziladigan kun sifatida aynan 19 iyun belgilangani mamlakatda haqiqiy noroziliklar tölqinini keltirib çiqardi
Gap şundaki, bu kunda köpçilik ştatlar Juneteenth nomidagi bayramni nişonlaşadi. 1865 yilning 19 iyunida, AQŞda qullik bekor qilinişi haqidagi farmon imzolanganidan ikki yil ötib Texas ştatida sönggi qora tanli qullikdan ozod etilgan, şuning uçun bu kun Amerikada afroamerikaliklar uçun alohida kunga aylangan.
Mamlakatda afroamerikalik Jorj Floydning politsiya tomonidan öldirilişi voqeasidan keyin boşlangan keng kölamli namoyişlar davom etayotgan mahalda Trampning mitingni ötkaziş uçun tanlagan joyi böyiça ham savollar tuğilmoqda.
Aynan Tulsada 1921 yilning may oyi oxirida afroamerikaliklarga qarşi talonçilik va qirğin ötkazilgan, natijada 300dan ortiq afroamerikalik öldirilib, ularga tegişli bölgan 1200dan ortiq binolar vayron etilgan. Har yili 31 may kuni aynan şu şaharda uşbu voqea xotirlanadi, Tulsa Race Massacre nomini olgan bu qirğin AQŞning yangi tarixidagi eng yirik irqçilik ruhidagi ommaviy qotillik hisoblanadi.
Ötgan haftaning juma kunida Fox News telekanaliga bergan intervyusida Tramp bu voqea haqida bilişini tan oldi, ammo bu kun afroamerikaliklar uçun alohida kunligi uçungina özining saylovoldi mitingini keyinroqqa qoldirmoqçimasligini ma'lum qildi.

Bunga javoban kongressdagi demokratlar Trampning irqçilik ruhidagi qaraşlari haqida eslatişdi.
«Bu şunçaki oq tanlilar ustunligi tarafdorlari tomon köz qisib qöyiş emas - u (Tramp) ularga bayram uyuştirib bermoqçi», deya yozgan tvitterda senator Kamala Harris.
«Tulsa Amerika tarixida irqçilik ruhidagi eng yirik zöravonlik jinoyati sodir bölgan joy. Prezidentning bu yerda Juneteenth kunida çiqiş qilişi - har bir amerikalik qora tanliga siyosat özgarmasligini uqtiruvçi nomadir», deya unga qöşiladi kongressning yana bir a'zosi Vel Demings.
Savdo palatasining Tulsadagi hududiy bölimi rahbari Çerri Gembl Smit esa prezidentning bu niyatini şahardagi afroamerikaliklar yuziga «tarsaki» tuşiriş deb atadi.
Ayrim naşrlarda şahar rasmiylari prezident ma'muriyatidan rejalaştirilgan marosimni bir kun keyinga surişni söragani, ammo Oq uydagilar bu sörovga rad javobi qaytargani haqida xabarlar tarqaldi.
Keyinroq, juma kuni keçqurun Donald Tramp tvitterdagi sahifasida «köplab afroamerikalik döstlari va tarafdorlari» söraşgani uçun mitingni 20 iyunga köçirişga tayyorligi haqida yozdi.
Trampning reytingi nega quladi?
Qöşma Ştatlar Covid-19 epidemiyasi bilan töqnaşgan kunlarda mamlakat rahbari yangi virus aholiga jiddiy tahdid sololmasligi haqida gapirişda davom etdi. Qariyb ikki yarim oy - yanvar oyi boşidan mart oyi örtalarigaça - Tramp virus issiq kunlar boşlanişi bilan yöq bölib ketişi haqida takrorladi va epidemiyani «demokratlar fitnasi» va xitoyliklar diversiyasi deb atadi.
Muxolifatçilar Oq uy rahbari 2018 yilda avvalgi prezident Barak Obama tomonidan şu kabi halokatli vaziyatlar uçun tuzilgan epidemiologik xizmatini tarqatib yuborganini eslab qolişdi, ammo Tramp har qanday e'tirozlarni qat'iyan rad etdi.

Hatto AQŞda ölimlar soni 100 mingdan oşganida ham Tramp e'tiborini bu masalaga qaratişni istamadi, xalqqa murojaat bilan çiqmadi, faqatgina tvitterdagi sahifasida koronavirus qurbonlari uçun ularning oilalariga hamdardlik bildiriş bilan çeklandi.
Uning mojaroli bayonotlari, xususan, bemorlarni quyoş nuri va xlorlar bilan davolaş haqidagi taklifidan keyin Oq uyda koronavirus mavzusida kunlik brifinglar ötkazilişi töxtatildi.
Bu vaqtda prezidentning reytingi uzluksiz ravişda pasayib bordi, öz navbatida uning saylovdagi raqibi Jo Baydenni qöllab-quvvatlovçilar soni muttasil oşmoqda. May oxiridayoq barça sotsiologik xizmatlar Demokratik partiya nomzodi Trampni qariyb ön punktga ortda qoldirayotganini körsatayotgandi. CNN ötkazgan sönggi tadqiqotga köra esa oradagi farq 14 punktga yetgan.
Minneapolisdagi fojia esa Donald Trampga yana bir imkon taqdim etgandek edi.
Jorj Floydning ölimi haqidagi ilk xabar paydo bölişi bilanoq Tramp bu hodisani qattiq qoralagan va Federal tergov byurosi hamda adliya vazirligiga zudlik bilan işni tekşirişni boşlaş böyiça körsatma bergandi.

Prezident özini namoyişkorona xotirjam tutişi uzoq davom etmadi. Minneapolisda ommaviy namoyişlar boşlangaç, Tramp tvitterdagi sahifasida namoyişçilarni «banditlar» deb atadi, şahar merini «juda kuçsiz, söl radikal»ligi uçun tanqid qildi va «talonçilik boşlansa, namoyişçilarni otiş ham boşlanişi» bilan tahdid qildi.
Trampning bayonotlari ijtimoiy tarmoqda katta muhokamalarga sabab böldi. Tvitter tarixida davlat rahbarining tvitlari ilk marta yaşirib qöyildi, tvitter ma'muriyati buni Tramp «zöravonlik ruhidagi tvitlar yozayotgani» bilan izohladi.
Keyingi kunda Oq uy hovlisida çiqiş qilgan Tramp Jorj Floyd va namoyişlar haqida bir oğiz söz demadi. Buning örniga u öz bayonotini AQŞning Jahon soğliqni saqlaş taşkilotidan çiqişi mavzusiga bağişlab, JSSTni epidemiya tarqalib ketişida yana bir bor ayblab ötdi.
Keyinroq Oq uy atrofida namoyişçilar paydo bölgaç Tramp bunkerga yaşirinişga majbur bölgani haqida xabarlar tarqaldi. Ikki kun ötib prezident Avliyo Ioann çerkovi oldida suratga tuşişga borişi uçun politsiya prezident qarorgohi atrofini rezina öqlar va közdan yoş sizdiruvçi gaz qöllagan holda namoyişçilardan tozaladi.

Omma oldida çiqişi vaqtida Tramp özini «qonun va tartib prezidenti» deb atadi hamda namoyişçilarning talablari haqida eslamasdan, namoyişlar vaqtida yetkazilgan moddiy zarar haqida gapirişni afzal kördi.
Hafta boşida politsiyaçilar bilan uçraşuv çoğida u huquq-tartibot organlari xodimlarini «ajoyib odamlar» deb atadi hamda Jorj Floyd politsiyaçi qölida halok bölganini «qörqinçli voqea» sifatida qayd etdi.
«Ammo 99,9 foiz... (politsiyaçilar - Bi-bi-si) - ajoyib, ular ajoyib odamlar», degan u.
Aslida esa politsiya islohotini talab qilib ommaviy namoyişlarga çiqayotgan amerikalik saylovçilar boşqaça sözlarni eşitişni istaşadi.
Sobiq vitse-prezident Jo Bayden esa Delaver ştatining Vilmington şahridagi çiqişi vaqtida tenglik huquqi uçun kuraşuvçilar hurmatiga tiz çökdi. Şundan söng u irqçilikni Amerika qalbidagi «oçiq jarohat» deb atadi.
«Heç birimiz bundan qoça olmaymiz. Heç birimiz bu haqda jim tura olmaymiz», degan u.
Sobiq prezident Barak Obama ham çiqiş qilib, şu vaqtgaça «millionlab amerikaliklar öz terisi rangi tufayli özgaça munosabat his qilib yaşagani» haqida gapirdi.
Respublikaçilar nima uçun Trampni qöllaşni istaşmayapti?
AQŞda davom etayotgan namoyişlar, aftidan, Respublikaçilar partiyasini ham parçalagan. Hafta boşida bir qança nufuzli respublikaçi-senatorlar prezidentning navbatdagi tvitlaridan darğazab bölganliklari haqida oçiq aytib çiqişdi. Seşanba kuni Tramp Buffalo şahridagi tinç namoyiş vaqtida politsiya bilan töqnaşuv oqibatida jarohatlangani aytilgan 75 yoşli namoyişçi haqida fikr bildirib, bu hodisa sahnalaştirilgani, bu qariya aslida ANTIFA harakati (maqsadini faşizmga qarşi kuraş deb atagan xalqaro harakat bölib, u söl radikal partiyalar va taşkilotlarni, turli avtonom guruhlarni, şuningdek, neonatsizm va irqçilikka qarşi kuraşuvçi jamoat taşkilotlarini birlaştiradi. Tramp bu taşkilotni terrorçi taşkilot deb atagan) a'zosi ekani haqida gapirdi.
Tramp uning ma'muriyati Konfederatsiya harbiy generallari şarafiga nomlangan harbiy bazalar nomlarini özgartirişni «xayolining bir çekkasiga ham keltirmayotgani» haqida ma'lum qilganidan bir kun ötib, Senatning respublikaçilar tomonidan boşqariladigan qurolli kuçlar işi böyiça qömitasi ortiqça şovqinsiz Pentagondan uç yil içida barça harbiy obektlardan bu nomlarni özgartirişni talab qildi.
AQŞdagi taniqli respublikaçi siyosatçilarning bir guruhi Trampning qayta saylanişi tarafdori emasligini oçiq bayon qilişdi. Bular qatorida - sobiq prezident, kiçik Jord Buş, senator Mitt Romni, AQŞ sobiq davlat kotibi Kolin Pauell ham bor. New York Times naşriga bergan intervyusida alyaskalik senator Lisa Murkovski hozirda Trampning qayta saylanişi uçun ovoz beriş masalasida ikkilanayotganini aytib ötgan.
Şuningdek, Pentagon rahbariyati vakillari ham prezident bilan hamfikr emas. Payşanba kuni AQŞ Qurolli kuçlari ştab boşliği qömitasi rahbari general Mark Milli prezident suratga tuşişi uçun namoyişçilar kuç işlatib quvilganini qoraladi. Mudofaa vaziri Mark Esper esa prezidentning namoyişlarni bostiriş uçun harbiylar jönatilişi kerakligi haqidagi sözlarini nojöya deb atadi.

Pentagonning sobiq rahbari, general Jyeyms Mettis esa Atlantic jurnalida e'lon qilingan maqolasida Trampning ommaviy namoyişlar vaqtidagi bayonotlarini mamlakat Konstitutsiyasiga zid deb atadi
«Biz hokimiyatda turib Konstitutsiyasini mazax qilayotgan odamni qöllab-quvvatlaşdan boş tortişimiz va uni javobgarlikka tortişimiz kerak», degan Pentagonning sobiq rahbari.
Tramp esa Mettisning sözlarini e'tiborsiz qoldirmadi.
«Menga uning yetakçilik uslubi yoqmagandi, şu jumladan boşqalarga ham. Men u ketganidan xursandman», deya yozdi AQŞ prezidenti tvitterida.













