«Munozara klubi» mamlakat taraqqiyotiga oid masalalar yuzasidan iqtisodiy munozara ötkaziş, islohotlar samarasini keng jamoatçilikka yetkaziş va turli soha vakillari jonli muloqotini taşkil etiş maqsadida tuzilgan. Unda iqtisodiy blokning barça rahbarlari, xalqaro taşkilotlar va reyting agentliklari, ilmiy soha vakillari hamda nufuzli mutaxassislar faol iştirok etişdi.
Özbekistonda ilk marta hukumat iqtisodiy blokining «Munozara klubi» taşkil etildi
Uçraşuvda barçani ruhlantirgan ikki holat yaqqol sezilib turdi: klub a'zolari dolzarb masala yuzasidan erkin fikr almaşib, konstruktiv bahsga kirişa olişdi. Bu esa prezident Şavkat Mirziyoyev boşlagan islohotning kuçli siyosiy iroda bilan davom etişiga dalolat qiladi. Şuningdek, söz erkinligi iqtisodiy masalalarni ham erkin muloqotlar asosida tahlil etiş imkonini bergani alohida qayd etildi.

«Taşqi qarzni qöya turaylik, oddiygina budjet xarajatlari ham yopiq edi. Budjet siyosati haqidagi köplab dissertatsiyalar ham heç qanday budjet raqamlari, statistikalarsiz himoya qilinganiga guvohman. Bundan bor-yöği 3-4 yil avvalgi gaplarni gapiryapman. 50 yoki 60 yil avvalgi gapni emas», deya ta'kidladi boş vazir örinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov.
«Bugungi kunda iqtisodiyot sohasida birorta ham yopiq ma'lumot qolmadi» – Jamşid Qöçqorov
Loyiha boş axborot hamkori bölmiş Kun.uz naşri jurnalisti Alişer Rözioxunovning uçraşuvda moderator sifatida iştirok etgani, heç kim avvaldan tayyorlangan qoğozdagi matnni öqib bermagani, qolaversa, turli mazmundagi tanqidlarni murosa bilan tinglaş – söz erkinligi rasmiy doiralarda yana bir poğona oşganini körsatmoqda.

















