«Taşqi qarzni eksportga boğlaş kerak deyildi. Bizda hozir eksportdan keladigan daromad tuşumlarimizning 15 foizini taşkil etadi. Albatta, pandemiya şaroitida eksport körsatkiçlari pasaymoqda, lekin biz şuni aytişimiz mumkinki, gaz eksportini hisobga olmaganimizda joriy yilning beş oyida eksport böyiça tuşumlarimiz 9 foizga kamaygan. Ya'ni taşqi qarzimizni eksportga nisbatan qiyoslaganda ham hozirça u qadar jiddiy muammo körinmayapti.
Umuman, bugungi mavzu haqida gapirganda, albatta, taşqi qarz mamlakatning barqarorligi, mamlakat kelajagi nuqtayi nazaridan judayam bir muhim körsatkiç bölib hisoblanişi haqida ma'ruza qilmoqçimasman.
«Munozara klubi»ning ilk muhokamasi uçun uşbu mavzuni bejiz tanlamadik. Mazkur masala böyiça bildirilgan fikrlar böyiça özimning xulosamni bildiradigan bölsam, birinçidan, köpçilikning gapidan şuni angladimki, «Özi nima uçun olinyapti taşqi kredit va uning sarflanişi qançalik samarador?» degan savol bugungi tadbirning boş leytmotivi hisoblanarkan. Bu yerda töğri fikrlar böldi, taşqi qarzni oliş mumkin, agar yaxşi «institutional capacity» bölsa. Ya'ni davlat idoralari faoliyatini samarali taşkil qilsa, iqtisodiy ösiş körsatkiçlari yuqori bölsa, bemalol taşqaridan qarz oliş mumkin.
Lekin olingan qarzni işlatişda samaradorlik masalasi bor, albatta. Taşqaridan kredit sifatida olingan mablağlarni qaysi sohalarga beriş mumkin-u qaysi sohalarga beriş mumkin emas. Bu masalalarga oydinlik kiritişimiz kerak», dedi Jamşid Qöçqorov.
Boş vazir örinbosari davlatning xususiy sektordagi iştiroki xususida töxtaldi.
«Bu yerda xususiy sektor bilan boğliq savol ham örtaga taşlandi. Biz nima uçun xususiy sektorga aralaşib yuribmiz degan savolga avvalgi paytlar uçun bir narsa deyişim qiyin, lekin hozirgi paytdayam şu işni qilyapmiz. Buni ongli ravişda qilyapmiz. Masalan, hozir biz Jahon banki bilan Farğona vodiysida qişloq hududlarda tadbirkorlikni rivojlantiriş loyihasini moliyalaştiryapmiz.
Xuddi şunday, Osiyo taraqqiyot banki bilan çorvaçilikni rivojlantiriş loyihasini moliyalaştiryapmiz. Yoki Jahon bankidan yana bitta kredit kelyapti, u qişloq xöjaligini transformatsiya qilişga yönaltiriladi.













