Moliya vaziri Timur Işmetov hududlarga bosqiçma-bosqiç mustaqillik berilayotgani, qarz oliş masalasi ham kelajakda amalga oşişi mumkinligini istisno qilmadi.

«Hududlar ham özlari mustaqil ravişda taşqaridan qarz olişi köp davlatlarda bor. Balki biz ham qaçondir şu yöldan yurarmiz. Lekin biz özimiz respublika nomidan taşqi bozordan endigina qarz olişni boşladik, bu jarayonlarni endi örganyapmiz. Bu birinçisi.
Ikkinçidan, hududlarga qadamba-qadam moliyaviy mustaqillikni berişni boşladik. Bu davlat siyosati, bugun ular soliğini özlari yiğişmoqda, belgilangan rejani ortiği bilan bajarganlarida ortiqça pulni hududdagi yeçimini kutayotgan masalalarga yönaltirişmoqda.
Bu kabi islohotlar bosqiçma-bosqiç, ehtiyotkorona amalga oşirilişi kerak. Hozirgi paytda hududlar özlari mustaqil ravişda taşqaridan qarz olişining foydasidan köra zarari ehtimoli köproq deb hisoblaymiz», deydi vazir.
Boş vazir örinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov hududlar mustaqil ravişda taşqaridan qarz olişiga qat'iyan qarşi ekanini ta'kidladi.

«Hududlar taşqaridan qarz olişi masalasiga kelsak, men özim ham şunda qatnaşganman, 2000 yili Mamarizo Berdimurotoviç (Ayni paytdagi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov nazarda tutilmoqda – tahr.) moliya vaziri edilar, men ularga örinbosar edim. Öşa paytdayoq bu masalaga qarşi çiqqanman.
Hozir ham hududlarning taşqaridan qarz olişiga şubha bilan qarayman. Öşa paytlari xuddi şu masala böyiça ayrim voqealar bölgandi, keyin hududlar taşqaridan qarz ololmasligini qonunçilikka kiritganmiz», deydi Qöçqorov.
Eslatib ötamiz, «Munozara klubi» köpçilikni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almaşiş, jamoatçilikni kelgusi rejalar yuzasidan xabardor qiliş maqsadida taşkil etilgan. Klubning birinçi muhokamasida hukumat iqtisodiy bloki rahbarlari, deputatlar, ekspertlar, xalqaro moliyaviy taşkilotlar va reyting agentliklarining vakillari, jurnalistlar qatnaşişdi. Kun.uz internet naşri «Munozara klubi»ning boş axborot hamkori












