Fuqarolarini bu yilgi Haj mavsumiga yubormasligini e'lon qilgan mamlakatlar soni 6tani taşkil etmoqda, deb yozadi Dhaka Tribune.
Dunyoda eng köp musulmonlar yaşovçi Indoneziyadan taşqari, Malayziya, Singapur, Tailand, Kambodja va Bruney ham bu yilgi ziyorat dasturini qoldirişga qaror qildi.
Bu yil Indoneziya uçun 220 mingta, Malayziya uçun 36 mingta, Bruney uçun mingta kvota ajratilgan edi.
Dkaha Tribune manbalariga köra, Saudiya Arabistoni rasmiylari bu yilgi Haj mavsumini bekor qiliş yoki uni ramziy tarzda ötkaziş masalasini körib çiqmoqda. Bu haqda Financial Times ham xabar bergan.
«Masala diqqat bilan örganilmoqda, turli ssenariylar körib çiqilyapti. Rasmiy qaror bir hafta içida qabul qilinadi», – deya Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi amaldorining sözlari keltirilgan FT`ning 12 iyundagi xabarida.
Manbaga köra, takliflardan biri – Haj mavsumini faqatgina mahalliy aholi vakillari iştirokida, kuçli sanitariya qoidalariga rioya etgan holda taşkil etişni nazarda tutadi. Yoki mavsum butunlay bekor qilinişi varianti ham yöq emas.
«Barça variantlar muhokama qilinmoqda, ammo ustuvor maqsad – hojilarning soğligi va xavfsizligini ta'minlaşdan iborat», – degan manba.
AFP`ning qayd etişiça, musulmon olami davlatlari Ar-Riyodni öz rasmiy qarorini tezroq e'lon qilişga çaqirmoqda.
«Qaror tez orada qabul qilinib, e'lon qilinadi», – deya Saudiya hukumatidagi manbaning sözlari keltirilgan agentlikning 16 iyundagi xabarida.
Turkiya, Misr, Marokaş, Livan kabi mamlakatlar podşohlik qarorini kutayotganini bildirgan bölsa, Fransiya musulmon fuqarolariga haj ziyoratini keyingi qoldiriş tavsiyasi bilan çiqqan.
«Podşohlik vaqtdan yutişga harakat qilyapti. Agar Saudiya sönggi kunlardagina: «Biz hajni tölaqonli taşkil etişga tayyormiz», deb aytsa ham, u vaqtga borib köplab mamlakatlar öz fuqarolarini yubormaslik qarorini qabul qilib bölgan böladi», – deydi AFP`ning hajga aloqador saudiyalik rasmiylar bilan muloqotda bölib turuvçi janubiy osiyolik manbasi.
Ma'lumot uçun, 2019 yilda 2,5 millionga yaqin musulmon haj ibodatini ado etgan. Bu yil Haj mavsumi 28 iyuldan 2 avgustgaça davom etişi kutilayotgan edi.
Kuni keça Saudiya Arabistonida koronavirus qurbonlari soni mingdan oşdi. Virus yuqtirib olganlar soni 140dan ortgan, ulardan 91 mingdan ziyodi soğayib çiqqan.
Haj mavsumi qoldiriladigan bölsa, bu – 1932 yilda asos solingan podşohlik tarixidagi birinçi ana şunday holat böladi.
CNBC ma'lumotiga köra, Saudiya Arabistoni bu yilgi Haj mavsumidan 12 milliard dollar daromad körişni rejalaştirgan edi. Agar mavsum bekor qilinadigan bölsa, bu – pandemiya keltirib çiqargan inqiroz, şuningdek neft narxi qulaşi ortidan podşohlik iqtisodiyotiga navbatdagi sezilarli zarba bölişi mumkin.













