Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanidagi eski qurib qolgan köl böyida dam oliş zonasi barpo etiladi. Bu yerda restoran, akvapark, kottejlar qurilişi, daryo böyida esa baliqçilik hududi taşkil etilişi közda tutilgan

Loyihaning umumiy qiymati 40 million AQŞ dollari iborat bölib, mingga yaqin iş örinlari yaratiladi.

“Tadbirkor Gulinur Abdullayevaning biznes rejasiga köra, kölga yangidan suv olib kelinadi. Şuningdek, bu yerdagi oşxonalarda dunyodagi turli xil davlatlarning taomlarini tayyorlaş ham yölga qöyiladi. Maqsad oromgohga turistlarni jalb qilib, yangi iş örinlari yaratiş.

Buning uçun yetarli miqdorda elektr energiyasi va kanalizatsiya masalasida mahalliy hokimlikning yordami kerak böladi. Toşkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov sayyor qabulda mazkur loyiha yaqindan tanişib, ijobiy hal etiş yuzasidan mutasaddilarga tegişli körsatmalar berdi”, deydi viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Behzod Qobulov.

Böstonliq tumanidagi “Xumson buloği” oromgohida taşkil qilingan sayyor qabulda viloyat hokimi tomonidan 300 nafarga yaqin tadbirkorning muammosi tinglandi. Murojaatlarining aksariyati turli xil turistik obe'ktlar quriş uçun yer maydoni ajratilişi söraşgan. Işçi guruh tomonidan eng sara loyihalar tanlab olingan.

Xususan, tadbirkor Abror Adhamov taqdim etgan loyihaga köra, Böstonliq tumanida bir gektar maydonda köp tarmoqli reabilitatsiya markazi barpo etiladi. Loyiha muvofiq 7-8 mln AQŞ dollari midorida investitsiya kiritilib, zamonaviy şifo maskani quriladi.

Tadbirkor “Çorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasidan joy söragan, barça zarur hujjatlarni ham topşirgan. Reabilitatsiya markazi işga tuşsa, 100 kişi yotib davolaniş imkoniyatiga ham ega böladi, 150-200 kişi iş bilan ta'minlanadi. Sayyor qabulda tadbirkorning loyihasi ijobiy baho oldi.

“Biz bundan uç  yil muqaddam Nanay qişloğida sobiq poliklinikaning ikkita binosini sotib oldik. Qariyb 5 milliard sömga yaqin investitsiya kiritib, dam oluvçilar uçun uç qavatli mehmon uyi barpo etdik. Lekin binoda qişloq vraçlik punkti ham joylaşganligi bois, faoliyatimizga xalaqit bermoqda.  Şu bois, yangi qişloq vraçlik punkti binosi quriş uçun uçun yer ajratilsa,  biz uni bunyod etiş niyatimiz bor. Uşbu taklif bilan hokim qabuliga kelgandik, muammomiz ijobiy hal etilib, tegişli taşkilotlarga topşiriq berildi”, – deydi tadbirkor Ahmadjon Umarov.