Yuqori Çirçiq tumanida maktab direktori öquvçi qizga şilqimlik qilgani uçun ma’muriy jazoga tortildi. Kun.uz sud qarori bilan tanişdi.
Sud hujjatiga köra, 39 yoşli J.I. tumandagi maktablardan birida direktor lavozimida işlaydi. U 16 va 17 aprel kunlari Telegram orqali voyaga yetmagan öquvçi qizga şahvoniy xususiyatga ega bölgan Sms xabarlari jönatgan.
Direktor sudda aybiga iqror bölgan. U xabarlarni öquvçini tarbiyalaş maqsadida yozganini aytgan hamda puşaymonlik bildirgan. Öquvçining qonuniy vakili esa direktor öz lavozimiga loyiq emasligini aytib, unga oğirroq jazo qöllaşni söragan.
JIB Yuqori Çirçiq tuman sudining qarori bilan J.I. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41−1-moddasida nazarda tutilgan (şahvoniy şilqimlik) huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Avvalroq Toşkentdagi mehmonxonada hamkasbiga şilqimlik qilgan bank xodimi 5 sutkaga qamalgandi.







