Rossiyaning diplomatik manbasiga tayanib bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi. Manbaning fikriça, Vaşington Liviyadagi ixtilof tomonlarini harbiy harakatlarni davom ettirişga undaş maqsadida şunday yöl tutmoqda.  

Manba AQŞ Liviyaning ğarbiga yetkazayotgan yuk harbiy xarakterdaligini gumon qilmoqda. Uning taqsimlanişi bilan AQŞ qurolli kuçlarining Afrikadagi qömondonligining (USAFRICOM) Tunis bilan çegarada joylaşgan maxsus bölinmasi şuğullanişi mumkin.  

17 iyunda USAFRICOM feldmarşal Halifa Xaftar boşçiligidagi Liviya milliy armiyasi tomonida Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining 2 ming jangçisi jang qilayotganini ma'lum qilgan. Ta'kidlanişiça, uşbu jangçilar Tripoliga 14 oy davom etgan hujumning barça jangovar harakatlarida iştirok etgan.  

2011 yilda Liviyada fuqarolik uruşi boşlanib, mamlakatni 1969 yildan beri boşqarib kelgan Muammar Qazzofiy hokimiyatdan çetlatilgan va öldirilgan. Ayni vaqtda Liviyada qöşhokimlik yuzaga kelib, şarqdagi Tobruk şahrida Haftar boşçiligidagi parlament, ğarbidagi Tripolida esa milliy kelişuv hukumati harakat qiladi.