Joriy yilning 19 iyun kuni parlament quyi palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qömitasi tomonidan aholining böş pul mablağlarini real iqtisodiyotga jalb qiliş yuzasidan tayyorlangan takliflari siyosiy partiyalar fraksiyalari vakillari iştirokida muhokama qilindi.

Parlament saytida yozilişiça, iqtisodiyotning real sektorini rivojlantiriş, moliya va bank tizimiga bölgan işonçni oşiriş hamda kapital bozorini rivojlantiriş maqsadida aholining böş pul mablağlarini iqtisodiyotga jalb qiliş masalasi deputatlar e'tibor markazida böldi.

Markaziy bank tomonidan çop etilgan Özbekiston Respublikasining tölov balansi, xalqaro investitsion holati va taşqi qarzi töğrisidagi naşriga köra, bugungi kunda mamlakatda faoliyat yuritayotgan yuridik şaxslar va aholining oxirgi uç yildagi depozitlar qoldiği 11,5 mlrd. AQŞ dollarini taşkil etadi.

Ta'kidlanişiça, mazkur mablağ oxirgi uç yilda çet eldan yuborilgan pul ötkazmalaridan iborat bölib, uning asosiy qismi aholi uyida saqlanayotgan yoki bugungi kunda asosan banklarga rasmiy sotilmasdan uluşi 50 foizdan ortiq deb taxmin qilinayotgan “xufiyona iqtisodiyot”da aylantirilayotgan bölişi mumkin.

Ekspertlar fikriça, “xufiyona iqtisodiyot”da aylantirilayotgan mablağlarni jalb qiliş uçun ular legalizatsiya qilinişi, belgilangan davr uçun “kapital amnistiyasi” e'lon qilinişi yaxşi natija beradi. Mazkur amaliyot Rossiya, Gruziya, Qozoğiston va boşqa davlatlarda “moliyaviy amnistiya” sifatida qonun şaklida qabul qilingan. Şu sababli, deputatlar fikriça, Özbekistonda ham kapital amnistiyasi parlament tomonidan qonun şaklida qabul qilinişi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Qonun şaklida qabul qilingan hujjat fuqarolarda köproq işonç uyğotadi va parlament nazorati uçun obekt böladi.

Bundan taşqari, iştirokçilar respublikada fuqarolar daromadlarini majburiy deklaratsiya qiliş tizimini joriy etiş böyiça qömita taklifini muhokama qildilar. Uşbu tizim aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlab, odilona soliq soliş tizimini yaratadi va norasmiy iqtisodiyotni aniqlaşga yordam beradi. Şuningdek, majburiy deklaratsiya qiliş jarayoni davlat ğaznasini töldiriş bilan birga korrupsiya va xufiyona iqtisodiyotga qarşi kuraşişga hamda mamlakatimizning xalqaro ijtimoiy rivojlaniş reytingi ösişiga yordam beradi.

Yiğilişda xufiyona sektorga qarşi kuraşda çora-tadbirlarning izçilligi xufiyona iqtisodiyotga qarşi kuraşning barça sohalarda bir vaqtda va iqtisodiyotning barça jabhalarida olib borilişi samarali bölişi jahon tajribasida öz tasdiğini topganligi e'tirof etildi. Xufiyona sektor hajmining qisqarişi köp jihatdan institutsional muammolarni hal qilişga ham boğliq böladi, ya'ni ularning huquq va erkinliklarining yetarli darajada himoyalanganligi kiradi. Buning uçun tadbirkorlik faoliyatining erkinligi va xususiy mulk daxlsizligi böyiça qonunlar takomillaştirilişi lozimligi deputatlar tomonidan qöllab-quvvatlandi.

Bugungi kunda bank tizimiga bölgan aholi işonçini oşiriş va jozibador bank omonatlarini taklif qiliş böş pul mablağlarini jalb qilişda asosiy omil hisoblanadi. Deputatlarning fikriça, omonat foizlarini real inflatsiya darajalaridan kelib çiqib, bozor özi örnatişi kerak. Şuningdek, aholi omonatlarini himoyalaş tizimini rivojlantiriş ham muhim bölib, xalqaro andozalarga javob berişi aholining bank tizimiga bölgan işonçini oşiradi.

Yiğilişda kapital bozorini rivojlantiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri ekanligi ta'kidlandi. Şuningdek, davlat qimmatli qoğozlarini jismoniy şaxslar va çet ellik investorlarga sotilişi hamda ikkilamçi bozorni rivojlantiriş davlat taşqi qarzini kamaytirib, içki resurslardan foydalaniş imkoniyatini beradi.

Yiğiliş yakunida tadbir iştirokçilarining aholi böş pul mablağlarini real iqtisodiyotga jalb qiliş yuzasidan bildirgan taklif va tavsiyalari qömita tomonidan yanada takomillaştirilişi va tegişli qonun hujjatlariga kerakli özgartirişlar kiritiş taklifi işlab çiqilişiga kelişib olindi.