Andijon xalqaro aeroportiga Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilişiça, bu prezidentning “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuçaytirilgan rejimi talablariga qat'iy rioya qilgan holda rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oşirildi.
Eslatib ötamiz, 1 avgustdan Özbekistonda barça hududiy aeroportlarda “Oçiq osmon” rejimi joriy etiladi.
“Oçiq osmon” rejimi 2020 yilning 1 avgustidan boşlab IATA “Qiş 2022/2023” mavsumi yakunigaça ikki yil muddatga uni uzaytiriş yoki şartlarni özgartiriş imkoniyati bilan Qarşi, Nukus, Termiz, Buxoro, Navoiy, Urganç, Andijon, Farğona, Namangan va Samarqand şahridagi aeroportlarida “beşinçi havo erkinligi” huquqini qöllagan holda joriy etiladi.












