Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlarni, ulardan yasalgan buyumlar, şuningdek, tarkibida qimmatbaho metall bölgan parça (siniq) va çiqindilarning hisobini yuritiş, saqlaş va taşişni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Quyidagilar:

qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlarni, ulardan tayyorlangan buyumlarni qabul qilib oliş, sarflaş, hisobga oliş va saqlaş hamda ularni işlab çiqariş, ulardan foydalaniş va ularning muomalada bölişida hisobot yuritiş tartibi töğrisidagi Nizom;

tarkibida qimmatbaho metallar mavjud bölgan parçalar va çiqindilarni tayyorlaş, qadoqlaş, taşiş, qabul qiliş - topşiriş şartlari, şuningdek qayta işlaş uçun topşirilgan qimmatbaho metallarga hisob-kitob qiliş tartibi töğrisidagi Nizom tasdiqlanadi.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar, ulardan tayyorlangan buyumlarni qabul qilib oliş, sarflaş, hisobga oliş va saqlaş hamda ularni işlab çiqariş, ulardan foydalaniş va ularning muomalada bölişida hisobot yuritiş tartibi töğrisidagi nizomga köra, u taşkiliy-huquqiy şaklidan qat'iy nazar ustav kapitalida davlat uluşi 50 foiz va undan ziyod bölgan yuridik şaxslarga (korxonalar) nisbatan qöllaniladi:

qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlarni işlab çiqariş, ilmiy, tibbiyot, harbiy, öquv va ijtimoiy-madaniy maqsadlarda qazib oluvçi, qayta işlovçi, işlov beruvçi, qöllovçi, foydalanuvçi, sotib oluvçi, garovga qabul qiluvçi, baholaş, saqlaş, körsatilgan qimmatliklarni, turli predmetlar va ularni taşkil etuvçilarni körgazmaga qöyiş bilan şuğullanuvçi, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlarning parça (siniq)lari va çiqindilarini tayyorlovçi va qayta işlovçi;

Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi, Özbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qömitasiga idoraviy mansub harbiy qismlar, tuzilmalar, bölinmalar, korxonalar va muassasalar keyinçalik qayta işlaş – affinaj korxonalariga jönatiş uçun tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar bölgan qism va bölaklarni ajratib oliş maqsadida harbiy texnika vositalarini utilizatsiya (qismlarga ajratiş) qiluvçi boşqa vazirliklar va idoralarga.

Ustav fondida davlat uluşi bölmagan yoki davlat uluşi 50 foizdan kam bölgan yuridik şaxslar, şuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun mazkur Nizom tavsiyaviy xususiyatga ega bölib, ularga qimmatbaho metallar, qimmatbaho toşlarni qabul qilib oliş, sarflaş, foydalaniş, hisobga oliş va saqlaş, şuningdek, ularni işlab çiqariş, ulardan foydalaniş va ularning muomalada bölişida hisobot yuritiş böyiça şaxsiy tartibini işlab çiqariş (mustaqil ravişda yoki mutaxassislarni jalb qilgan holda) uçun xizmat qiladi.

Nizom tarkibida qimmatbaho metallar, qimmatbaho toşlar mavjud bölgan quyidagilarga nisbatan qöllanilmaydi:

hisoblaş, tibbiy, savdo va boşqa taşkiliy texnikalarga xizmat körsatuvçi (yiğuvçi, ta'mirlovçi) korxonalardagi tayyor mahsulotlar;

dori-darmon vositalari, tibbiyot preparatlari;

tabiiy olmos kukunlari va pastalari, ulardan tayyorlangan asboblar va buyumlar, har qanday köriniş va holatdagi sun'iy va yetiştirilgan qimmatbaho toşlarning öxşaşlari (muvofiqlari).

Işlab çiqariş va texnik maqsadlar uçun foydalaniladigan qimmatbaho toşlar (mahsulot sifatida), moddiy qimmatliklarni hisobini yuritişning umumiy talablariga muvofiq hisobga olinadi.

Korxonalar Nizom asosida özining qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar bilan bajaradigan amaliyotlarining xususiyati va öziga xosligini inobatga olgan holda şaxsiy (qimmatbaho metallar, qimmatbaho toşlarni qabul qilib oliş, sarflaş, foydalaniş, hisobga oliş va saqlaş, şuningdek, ularni işlab çiqarişda, foydalanişda va muomalada bölişida hisobot yuritiş tartibini belgilovçi tarmoqçi va zavodning içki va h.k.larning) yöriqnomalarini (“lokal yöriqnomalar”) işlab çiqadi va rahbar tomonidan tasdiqlaydi.

Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar mavjud bölgan mineral xomaşyoni qazib oliş va qayta işlaş, qimmatbaho metallni işlab çiqaruvçi va qimmatbaho toşlardan foydalanuvçi korxonalar rahbarlari tomonidan tasdiqlangan lokal yöriqnomalarni Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilaş palatasi bilan kelişadilar.

Mazkur korxonalar, Davlat proba (asillik darajasi) nazorati doirasidagi Davlat asillik darajasini belgilaş palatasining vakolatli vakillarini qimmatbaho metallar, qimmatbaho toşlarni işlab-çiqariş, qayta işlaş, foydalaniş, ularning muomalada bölişi, saqlanişi va ularning hisobini yuritiş böyiça nazorat çora-tadbirlarini amalga oşirişda özlari foydalanadigan bino, inşoot, xona va boşqa obektlar hududida doimiy bölişlari uçun şaroitlarni ta'minlaşlari şart.

Tarkibida qimmatbaho metallar bölgan xomaşyoni qayta işlovçi Davlat nazorati örnatilgan korxonalar, Davlat asillik darajasini belgilaş palatasiga qimmatbaho metallarni işlab-çiqariş va foydalaniş, şuningdek, qimmatbaho metallarni işlab-çiqarişning har oylik metallurgik balansi töğrisidagi ma'lumotni hamda tugallanmagan işlab-çiqariş töğrisidagi axborotni taqdim etadi.