Abduqahhor Ibrohimov Toşkentning Kökça dahasida 1939 yilning 16 avgustida dunyoga kelgan.1957-1962 yillarda Toşkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 1975-1977 yillarda Moskvadagi Oliy adabiyot kursida öqigan. 

Respublika Madaniyat işlari vazirligi qoşidagi San'at işlari boşqarmasida boş muharrir, 1990-1993 yillarda Respublika Prezidenti Devonida maslahatçi sifatida faoliyat körsatadi. 1994 yildan buyon respublika «Ma'naviyat va ma'rifat» markazida xizmat qilgan.

Abduqahhor Ibrohimovning «Arra», «Meni aytdi demang», «Zöldir», «Bir ölikka bir tirik», «Bu zamon öğloni», «Tusmol», «Soçqi», «Mayli, mayli», «Ofarin», «Puç», «Şayton yöli» komediyalari Toşkent va viloyat teatrlari sahnalarida qöyilgan.

Unga «Özbekistonda xizmat körsatgan san'at arbobi» faxriy unvoni, «Mehnat şuhrati» ordeni berilgan.