Bu haqda 9-noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyevning elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar hamda investorlar bilan muloqotida maʼlum qilindi.
Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadovning xabar berişiça, mamlakatda yuqori texnologiyali sanoatni rivojlantiriş uçun zarur poydevor şakllanmoqda.
Xususan, töqimaçilik, metallni qayta işlaş, quriliş va boşqa sohalar uçun texnologik uskunalar işlab çiqaruvçi önlab korxonalar paydo bölgan.
Ohangaron texnoparkida mikroprotsessor modullari işlab çiqarilmoqda. Şuningdek, koreyalik hamkorlar bilan Toşkent şahrida robotlar işlab çiqariş loyihasi boşlangan.
Bunday korxonalarni köpaytiriş orqali iqtisodiyot tarmoqlarini zamonaviy uskunalar, sanoat robotlari va elektronika mahsulotlari bilan taʼminlaydigan yaxlit ekotizimni şakllantiriş maqsad qilingan.
Nurafşonda yangi texnologiyalar markazi taşkil etiladi
Prezident topşiriğiga köra, Nurafşon şahrida «Kelajak texnologiyalari markazi» taşkil qilinadi.
Markazda faoliyat yuritadigan korxonalarga IT-park rezidentlari bilan bir xil imtiyozlar beriladi.
Şuningdek:
Robotlar, elektronika va texnologik uskunalar işlab çiqariş uçun zarur xomaşyo hamda butlovçi qismlar import bojidan ozod etiladi.
Uşbu yönalişdagi ilmiy işlanmalardan olingan daromadga soliq solinmaydi.
Elektrotexnika eksportini 5 milliard dollarga yetkaziş imkoniyati bor
Yiğilişda yuqori qöşilgan qiymatli elektrotexnika mahsulotlari işlab çiqarişni kengaytiriş vazifasi ham belgilandi.
Jumladan, quyidagi loyihalarni yölga qöyiş közda tutilmoqda:
Andijonda - ofis texnikasi va tayyor kabel töplamlari;
Toşkent şahrida - serverlar, interaktiv panellar va sensorli datçiklar;
Qaşqadaryoda - televizorlar uçun elektron platalar işlab çiqariş.








