Bildirilişiça, 18 iyun sanasida koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 85 nafar bemordan 28 nafari aholi orasida aniqlangan bölsa, 19 iyun kuni esa 179 nafar bemordan 29 nafari aholi orasida tasdiqlandi. 

“Körib turganingizdek, ikki kunlik ma'lumotga köra, umumiy kasallaniş körsatkiçi ham, aholi orasida koronavirusga çaliniş holati ham kundan kunga keskin oşgan”, - deyiladi ma'lumotda.

19 iyun kuni aholi orasida koronavirus aniqlaniş holatlari hududlar kesimida körilsa, Toşkent şahrida 24 nafar, Namangan viloyatida 3 nafar, Toşkent viloyatida esa 2 nafarni taşkil etdi.

Jumladan, Çilonzor tumanidagi savdo dökoni sotuvçisi bölgan N.da (Sergeli tumanilik, şu yilning 18 iyunidan tana harorati kötarilgaç, şifokorga murojaat qilgan), Mirzo Uluğbek tumanida yaşovçi A.da hamda uning öğli va qizida, poytaxtda bölib turgan Buxoro viloyati Qoraköl tumanida yaşovçi O.da (profilaktika maqsadida Toşkent şahar SEOM laboratoriyasiga namuna topşirgan), Uçtepa tumanida yaşovçi 3 nafar nafaqada bölgan fuqarolarda hamda Yunusobod tumanidagi bir oilaning 6 nafar a'zosida (tana harorati kötarilgaç, tumandagi 52-oilaviy poliklinikaga murojaat qilişgan) kasallik qayd etilgan.

Bundan taşqari, Namangan viloyati Pop tumani Ğurumsaroy MFYda yaşovçi 3 nafar fuqaro (şu yilning 17-iyun kuni tana harorati kötarilgaç, vraçga murojaat qilgan)da, Toşkent viloyati Çirçiq şahar hokimligi sektori iş yurituvçisi G.da (profilaktika maqsadda namuna olingan) hamda Örta Çirçiq tuman tuğruq bölimidagi bemor Z.da ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Mazkur kasallik aniqlangan fuqarolarning aksariyati tana harorati kötarilgaç, şifoxonaga murojaat qilişgan va namuna topşirişgan. Ayni paytda uşbu holatlar yuzasidan epidemiologik suriştiruv işlari olib borilmoqda. 

“Soğliqni saqlaş vazirligi doimgidek aholini ogohlantirişda davom etadi. Avval köp bor ta'kidlaganimizdek, aholini imkon qadar faol muloqotdan, turli tadbirlar ötkazişdan tiyilişlarini, va albatta, ijtimoiy masofani saqlaş, qöl berib salomlaşib, quçoq oçib körişişdan saqlanişlari, qöllarni yaxşilab qayta-qayta yuviş, köçaga çiqqanda niqobni töğri taqiş kabi karantin va sanitariya qoidalariga qat'iy rioya etişlarini sörab qoladi”, - deyiladi SSV xabarida.