Videoda «Neksiya» haydovçisi texnik nosozlik tufayli töxtaş taqiqlangan joyda töxtaşga majbur bölgani, maxsus ogohlantiruvçi avariya belgisini ham örnatgani, YXH inspektori esa uning tuşuntirişlariga qaramay «Töxtaş taqiqlangan» belgisi ta'sir doirasida turgan avtomobilini planşetda suratga olib ketganini aytadi.
«Buni qanaqa tuşuniş kerak? [Maşina] öçib qolsa, [jarima] yozib ketaverişadimi?» – deydi video muallifi.
Ammo IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi e'lon qilgan videodan voqea aslida boşqaça bölgani, haydovçi 19 iyun kuni Yaşnobod tumanidagi «Aviasozlar» («Kadişeva») dehqon bozori yaqinidagi holatni yolğon talqin etgani ma'lum böldi.
YHX inspektori «Töxtaş taqiqlangan» belgisi ta'sir doirasida töxtab turgan «Neksiya»ni planşetida suratga olgani hamda undan avval haydovçi va inspektor örtasidagi muloqot inspektorning bodi-kamerasida yozib olingan.
Bodi-kamera tasviriga köra, haydovçi inspektordan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirmaslikni iltimos qilib, xarid maqsadida 2 daqiqaga töxtaganini aytgan.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda yöl harakati qoidalarining buzilişiga doir ma'muriy jarimalarni tölaşning billing tizimi işga tuşirilgan: YXH inspektorlari haydovçilarning yöl harakati qoidalarini buzgani faktini voqea joyida planşetlarda tasvirga olib, «Ma'muriy amaliyot» kompleks avtomatlaştirilgan axborot tizimiga kiritmoqda. Tizim asosida esa qoidabuzarlarga SMS şaklda va poçta orqali jarima yuborilmoqda.
Bundan taşqari, töxtaş taqiqlangan joylarda qoldirilgan maşinalar harakatdagi avtopatrullar tomonidan qayd etilib, ayrim hollarda bir vaqtning özida önlab qoidabuzarlarga avtomatik tartibda jarimalar yuborilmoqda.

Bir yil oldin, 2019 yil 1 iyulidan boşlab, qoidabuzarlik aks etgan videoyozuvlarni yuborgan şaxslarga BHMning 5 foizi (11 150 söm) miqdorida pul mukofoti belgilangan edi.
Haydovçilar Özbekiston şaharlarida «Töxtaş taqiqlangan» yöl belgisi haddan ortiq köp örnatilganini aytişadi. Köplab ijtimoiy obektlar yaqinida avtoturargohlar yetişmovçiligi şaroitida bu yöl belgilari aholiga ortiqça noqulaylik tuğdirişi va belgilangan jarima miqdori ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez muhokamalar mavzusiga aylanadi.
Ma'lumot uçun, töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarini buzganlik uçun BHMning 3 baravari (669 000 söm)dan 15 baravari (3 345 000 söm)gaça jarima belgilangan.












