Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy agar Eron urib tuşirilgan Boeing samolyoti bilan boğliq majburiyatlarini bajarmaydigan bölsa, xalqaro sudga murojaat qilişini aytdi.
"Vaqti kelib Eron hukumati tomonidan natijali siyosat bölişiga umid qilaman. Ular bizga nafaqat "qora qutilar"ni qaytarib bermayapti. Gap boşqa va'dalar haqida bormoqda. Ular rasman uzr söraşi kerak. Ular munosib tovon tölaşi kerak", - dedi Zelenskiy Globe and Mail gazetasiga bergan intervyusida.
Zelenskiyning sözlariga köra, Eron "qora qutilar"ning qaytarilişi keçikişini koronavirus bilan izohlamoqda.
"Ammo bu muammo çeksiz kutib turişi mumkin emas. Ular bergan va'dalarini bajarişi kerak. Aks holda xalqaro sudga murojaat qilişdan boşqa ilojimiz qolmaydi", - dedi u.
8 yanvarda Tehrondan Kiyevga parvoz qilayotgan Ukraina havo yöllariga qaraşli Boeing 737-800 samolyoti havoga kötarilganidan bir oz ötgaç qulab tuşgan, Eron, Ukraina, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Şvetsiya va Afğonistonning 176 nafar fuqarosi halok bölgandi.
Eron harbiylari 11 yanvar kuni Ukraina samolyoti tasodifan urib tuşirilganini ma'lum qildi.












