Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari tomonidan 2020-2021-öquv yili qabulida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yönalişlari uçun test sinovlarini ötkaziş rejalaştirilgan binolarning geomanzilini körsatib beradigan ImtihonGo nomli maxsus mobil ilova yaratildi.

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi xabariga köra, ImtihonGo mobil ilovasi Davlat test markazi tomonidan e'lon qilingan 2020-2021 öquv yili qabulida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yönalişlari uçun test sinovlarini ötkaziş rejalaştirilgan binolarning geomanzillari asos qilib olingan hamda şu manzillar ilovaga kiritilgan. 

Ilova mualliflari TATU magistri Ğ. Nazarov hamda “Radio va mobil aloqa” fakulteti talabasi H. Baxtiyorovdir.

- Har bir yaratilgan dastur yoki startap qandaydir ma'noda insonlarning oğirini yengil qilişi, ortiqça vaqt, xarajatdan foriğ bölişiga yordam berişi kerak. Biz ham ImtihonGo mobil ilovasi orqali mamlakatimizdagi minglab abituriyentlarni yaqin oylarda bölişi kutilayotgan test sinovlarini topşirişda ortiqça qiyinçiliklarsiz, kerakli manzilga tez va aniq yetib borişda kömak bermoqçimiz, – deydi loyiha muallifi Ğ. Nazarov.

Ilovaga oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yönalişlari uçun test sinovlarini ötkaziş rejalaştirilgan binolar röyxati hamda geomanzillari töliq kiritilgan. 

Agarda biror sabablarga köra DTM tomonidan körsatilgan manzillarda yangilaniş vujudga kelsa, ilovani ham tezda yangilaş, özgartirişlari tezda qöşiş va bu özgarişni foydalanuvçilarga yetkaziş reja qilingan.

Ayni vaqtda mobil ilova foydalanişga tayyor bölib, Google Play platformasiga joylaştirilgan.