Voronej oblasti hakamlik sudi GM Uzbekistan avtokonsernining sobiq boş direktori, Voronejdagi Uz-Daewoo avtomobillari dileri va «Km/ç» avtosalonlar tarmoğining sobiq egasi, hududda bankrotlik e'lon qilgan Tohirjon Jalilovning 500 mln rublga yaqin qarzdorligini kreditorlar reyestriga kiritdi. Bu haqda «Kommersant» gazetasi yozmoqda.
«Vozrojdeniye» banki biznesmenning kreditorlar talablari reyestriga bir neçta kredit şartnomalari, qarz foizlari va komissiyalar böyiça 209,68 mln rubl kiritgandi.
Sankt-Peterburgdagi «Auditorsko-konsaltingovaya yuridiçeskaya firma «Ob'yedinennaya yuridiçeskaya kollegiya» MÇJ kafillik şartnomasi böyiça 299,22 mln rubl qarz bilan Jalilovning bankrotligiga qöşildi.
Jalilovning bankrotligi 2019 yil noyabrdan beri davom etmoqda, hakamlik sudi unga nisbatan qarzlarni restrukturizatsiya qiliş jarayonini belgilagan. «Vozrojdeniye» banki 2019 yil martda 502,99 mln rubl qarzdorlik sababli Jalilovning bankrotligini talab qilgandi.
«Km/ç» avtosalonlaridagi moliyaviy muammolar haqida 2016 yilda, ularning yuridik şaxslari Investtorgbank va «Vozrojdeniye» bankidan bankrotlik töğrisidagi da'voni olganida ma'lum bölgandi. Salonlar Uz-Daewoo, Ravon, Iveco, ZAZ, Skoda va Volkswagen avtomobillarini sotgan. Barça salonlar 2014 yilda olingan kreditlarga özaro kafil bölgan, Rossiyadagi tarmoq asosiy yuridik şaxslarining qarzi 20 mlrd rubldan oşişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Jalilov 2017 yildan buyon «Özbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi raisi lavozimida faoliyat körsatmoqda.












