«Özstandart» agentligi axborot xizmati rahbari Abdurauf Rasulovning aytişiça, Buxoro va Namanganda yangi yönalişdagi mahsulotlar tarkibidagi GMO miqdorini aniqlaş laboratoriyasi taşkil etiladi.
Uning ta'kidlaşiça, agentlik tomonidan respublikada Organic va Global G.A.P. xalqaro standartlari talablariga muvofiq mahsulot işlab çiqariş, tartibga soliş va muvofiqlaştiriş tizimlarini rivojlantiriş, qişloq va örmon xöjaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik körsatkiçlarini yaxşilaş, eksport geografiyasini kengaytiriş, şuningdek, mamlakatimizning organik mahsulot işlab çiqariş salohiyatidan töliq foydalaniş imkoniyatini oşiriş maqsadida jahon mamlakatlari tomonidan tan olingan xalqaro standartlarni qabul qilişga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Bugungi kunga kelib qişloq-xöjaligi sohasiga tegişli 1276 ta standart amalga kiritilgan bölib, şundan 893 tasi xalqaro standartlarga uyğunlaşgan. Şu bilan birga, oziq-ovqat sanoatiga tegişli 3509 ta standartlar amalga kiritilgan (2140 tasi xalqaro standartlarga uyğunlaşgan).
«Qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qöşimça qiymat zanjirini taşkil etişda iştirok etuvçi barça korxona va taşkilotlar faoliyatlarida bajariladigan jarayonlarga ISO 28000 seriyasiga kiruvçi 10 ta xalqaro standartlarni joriy etiş maqsadida ularni qabul qiliş işlari yakunlanmoqda. 2020 yilda Respublikamiz böyiça jami 164 ta (şundan 155 tasi Global G.A.P., 9 ta Organic) eksporter korxonalarga "Global G.A.P." va "Organic" standartlarini joriy etiş va sertifikatlaştiriş böyiça reja tasdiqlangan.
Şu kunga qadar 10 ta sertifikatlar taqdim etilgan bölib, 135 ta korxonalardan zarur hujjatlar olinib, Eksportni rağbatlantiriş agentligiga arizalar kiritildi. Şuningdek, “Özstandart” agentligining 2020 yil 20 maydagi 52-son buyruğiga asosan tasdiqlangan çora-tadbirlar rejasiga muvofiq, ISO 28000 xalqaro standartlarni joriy etiş istagini bildirgan korxona va taşkilotlar faoliyati töliq örganildi va röyxati şakllantirildi.
E'tiborli jihati şundaki, Agentlik tizimidagi “UzTest” qoşidagi sinov laboratoriyalarini Jahon banki krediti asosida modernizatsiya qiliş hamda zamonaviy uskunalar bilan ta'minlaş çoralari körilmoqda. Kredit mablağlarini özlaştiriş natijasida Respublika markazi qoşida oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlarini xalqaro standartlar talablariga muvofiq sifat va xavfsizlik körsatkiçlarini aniqlaş imkoniyati yaratiladi, hamda Buxoro va Namangan markazlari qoşida yangi yönalişdagi mahsulotlar tarkibidagi GMO miqdorini aniqlaş laboratoriyasi taşkil etiladi», deya Abdurauf Rasulovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qayd etilişiça, Latviyaning BIOR instituti vakillari tomonidan mamlakatimizda ötkazilgan örganiş natijasida, hududlarning eksport salohiyatidan kelib çiqqan holda ötkazilgan örganiş natijasiga köra, “UzTest” qoşidagi Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Qaşqadaryo, Xorazm markazlaridagi oziq-ovqat va qişloq xöjaligi maxsulotlarini sinaş laboratoriyalari modernizatsiyalaş közda tutilgan bölib, loyiha summasi 11,6 mln. AQŞ dollarini taşkil etadi.












