U öz arizasida Telegram messenjeridagi botlardan biriga özining plastik kartasiga mikrokredit rasmiylaştiriş uçun murojaat qilganidan söng bot avtomat ravişda uning savollariga javob beriş bilan bir qatorda, plastik karta raqamlari, maxsus kodi hamda plastik kartani boşqaradigan mobil aloqa operatori raqamlari va qöşimça maxsus kodlarni avtomat ravişda aniqlab olganligini bildirgan.

Qayd etilişiça, G.B. uşbu plastik karta hisobidagi 3 627 500 söm pul hamda uşbu plastik karta uçun 1 600 000 söm miqdoridagi kreditni rasmiylaştirib, jami 5 227 500 söm miqdoridagi pullar öğirlab olinganini bildirgan va mazkur şaxsni aniqlab, pullari qaytarilişida va qonuniy çora körilişida amaliy yordam söragan.

Ariza yuzasidan olib borilgan tezkor-texnik tekşiruvlar va tuzoq dasturlari natijasida pullar 1999 yilda tuğilgan, Guliston davlat universiteti talabasi, Farğona viloyati Rişton tumanida yaşovçi J.O.ga aloqador bölgan virtual hisob raqamlarga kelib tuşganligi aniqlandi.

Gumonlanuvçi J.O. qölga kiritilgan pullarni konvertatsiya ilovalaridan foydalangan holda Qozoğistonning turli raqamlariga röyxatga olingan Qiwi hamyonlariga elektron valutani ayriboşlovçilar yordamida jönatganligi, şundan söng uşbu pullarni 1Xbet, Melbet bukmeykerlikka asoslangan faoliyatlar orqali Özbekistonga qaytib kiritib, boşqa bir qator operatsiyalar bilan öğirlangan pullarni özining virtual hisob raqamlari orqali naqdlaştirib olgan.

J.O.ning barça hisob raqamlari tekşirib körilib, u bilan suriştiruv jarayonida, unga respublikaning turli hududlaridan köplab fuqarolar murojaat qilganligi, taxminan jami bölib 30 millionga yaqin pullarni fuqarolarni plastik kartalaridan öğirlab olganligi, barça harakatlarni mobil telefoni orqali amalga oşirib kelganligini bildirgan.

J.O.ning 1 dona qöl telefoni hamda 4 dona plastik kartasi daliliy aşyo sifatida hujjatlaştirib olinib, töplangan hujjatlar Buxoro şahar IIO FMB 1-son IIB huzuridagi Tergov guruhiga topşirildi, deyiladi xabarda.