Venesuela yetakçisi Nikolas Maduro AQŞ prezidenti Donald Trampning uçraşuv haqidagi taklifiga oçiq. Bu haqda mamlakat taşqi işlar vaziri Xorxe Arreasa ma'lum qildi.
“Prezident Maduro hamişa har qanday taklifga tayyor”, deb aytgan Arreasa “Rossiya-24” telekanali efirida Maduro va Tramp uçraşişi mumkinligi haqidagi savolga javoban.
Uning ta'kidlaşiça, Maduro Tramp prezident bölib saylanganining ilk kunidan ikki davlat örtasida kelişmovçilik bölişi mumkinligini, biroq “kelişmovçilik muloqotni talab qilişini, usiz heç qanday hamkorlik mumkin emasligini” aytib kelgan.
Arreasaning aytişiça, bunday uçraşuv Tramp atrofidagilarning unga ta'siri sababli amalga oşmagan.
Avvalroq AQŞ prezidenti Maduro bilan uçraşişi mumkinligini aytgandi.












