2020 yilning 23 iyun kuni soat 23:45da 22 yoşli S.A. boşqaruvidagi Nexia rusumli avtomaşinasida Farğona viloyati “Qöqon-Buvayda” avtomobil yöli böylab harakatlanib ketayotgan bölgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, u Uçköprik tumani Kaltatoy qişloği hududiga yetib kelgan vaqtida, noma'lum şaxslar kul rangli Nexia-1 rusumli avtomaşina bilan töxtatib, avtomaşinasi salonida bölgan 36.700.000 söm pullarini hamda bahosi 1.600.000 sömlik Redmi-7 rusumli uyali aloqa vositasini oçiqdan-oçiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yaşiringanlar.

Olib borilgan tezkor suriştiruv işlari davomida mazkur jinoyatni 32 yoşli M.A., 24 yoşli  J.J., 21 yoşli J.Yu. va M.U. (ayol) sodir etganliklari aniqlanib, J.J.dan “Redmi-7” rusumli uyali aloqa vositasi aşyoviy dalil tariqasida olingan.
              
Mazkur holat yuzasidan Uçköprik tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari (talonçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Jinoyatni sodir etgan barça şaxslar gumon qilinuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.