Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent şahar böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan poytaxt Içki işlar boş boşqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazildi.
Tadbirda muqaddam firibgarlik bilan boğliq jinoyati uçun sudlangan şaxs mahalliy tadbirkordan 30 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Aniqlanişiça, u tadbirkor tomonidan Çilonzor tumanidagi 37 sotix yer maydonida nodavlat umumta’lim hamda maktabgaça ta’lim muassasalari qurilişi rejalaştirilganidan xabar topgan.
Uşbu şaxs mazkur hududda yaşovçi aholi va turli taşkilotlar orqali quriliş jarayonlariga faol tösqinlik qilişini aytgan hamda göyoki özini quriliş qilayotgandek körsatib, fuqarolarni «tinçlantiriş» evaziga tadbirkordan 360 ming AQŞ dollari talab qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatildi.











