Farğona şahrida bir guruh şaxslar fuqaroni xilvat joyga olib borib, unga tan jarohati yetkazgani va şarmanda qiliş bilan qörqitib, pul talab qilgani aniqlandi.
Ma’lum qilinişiça, Farğona şahrida istiqomat qiluvçi beş nafar yigit Quva tumanida yaşovçi fuqaroni “Beşbola” mahallasida joylaşgan karerga olib borgan.
U yerda fuqaroga tan jarohati yetkazilib, sir saqlanişi lozim bölgan holatda uyali telefonga tasvirga olingan. Söngra uşbu videotasvirlarni jabrlanuvçining yaqin qarindoşlariga tarqatib, şarmanda qiliş bilan qörqitişgan va undan 8 mln söm talab qilişgan.
Guruh a’zolari jabrlanuvçidan talab qilingan pulning 2 mln sömini olayotgan vaqtda içki işlar organlari xodimlari tomonidan qölga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.











