Oliy Majlis Qonunçilik palatasi axborot xizmatining ma'lum qilişiça, Sirdaryo viloyatida 13 343 ta kambağal oila mavjud bölib, bu jami aholining 5,8 foizini taşkil etadi.

Qayd etilişiça, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Boriy Alixonov boşçiligidagi deputatlardan tarkib topgan işçi guruh tomonidan 2020 yil 15-19 iyun kunlari Sirdaryo viloyatida aholining turmuş darajasi va sifatini yaxşilaş, kambağallikni qisqartiriş, aholi bandligini ta'minlaş, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etiş borasida amalga oşirilayotgan işlar holati yuzasidan olib borgan örganişlar natijalari parlament quyi palatasi kengaşida muhokama qilingan.

Yiğilişda Sirdaryo viloyati hokimi va sektorlar rahbarlari onlayn tarzda masofadan iştirok etişgan.

«Işçi guruhining örganişlari mobaynida 580 ta holatda 1 milliard 377 million söm pensiya işlari böyiça ortiqça tölov qarzdorligi hisobdan çiqarilgani oydinlaşdi. Şuningdek, ularning bandligini ta'minlaş, doimiy daromad manbaiga ega bölişi uçun körilayotgan çoralar tufayli 4 829 ming nafari (36%) iş bilan ta'minlangan bölib, qolgan 9068 nafarini yil yakuniga qadar oyma-oy işga joylaştiriş belgilangan.

Örganişlar çoğida mamlakat rahbarining farmon va qarorlari bilan berilayotgan imtiyoz va yengilliklar hamma yerda ham birday joriy etilmayotgani, aholini ijtimoiy himoyalaşda ba'zi hududlarda kamçiliklarga yöl qöyilayotgani, mazkur yönalişlarda mutasaddilar, xususan, sektorlar işida ham e'tibor qaratilişi lozim bölgan muayyan işlar mavjudligi ma'lum böldi.

Tadbirkorlar bilan ötkazilgan yuzma-yuz muloqotlarda ularning aksariyati Prezident farmon va qarorlariga binoan berilayotgan imtiyoz va yengilliklardan bexabar ekani aniqlandi. Şuningdek, bandlikka kömaklaşiş markazlari tomonidan yetarli tarğibot işlari olib borilmagani sababli ajratilgan subsidiya miqdorlari mavjud imkoniyatga nisbatan ança pastligiça qolmoqda.

Kengaş yiğilişida davlat rahbari farmon va qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini töliq ta'minlaş orqali mavjud muammolarni bartaraf etiş, tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini qöllab-quvvatlaş hamda aholining turmuş farovonligini oşiriş yuzasidan qator tavsiyalar bildirildi», deyiladi quyi palata axborot xizmatining xabarida.

Yiğiliş yakunida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi kengaşining tegişli qarori qabul qilingan.