Forbes Rossiyadagi menejyerlarga eng köp maoş tölaydigan kompaniyalar röyxatini e'lon qildi. Unga köra, Rossiyadagi eng saxiy 25 kompaniya top-menejyerlariga tölaydigan mablağning umumiy miqdori yiliga 60 milliard rublni (salkam 1 milliard dollar) taşkil etadi.
«Prezidentning maoşi ham unça katta emas», degan edi Putin 2020 yil boşida öziga «Oyiga 10 800 rublga (150 dollar atrofida) kun keçirib böladimi?» deb berilgan savolga javob bera turib.
«Kommersant'» naşrining yozişiça, mamlakatdagi birinçi şaxsning iş haqi haqiqatan yirik kompaniyalar rahbarlari va top-menejyerlar oladigan iş haqi oldida juda kamtarona körinişda.
Şu sababli, sönggi paytlarda top-menejyerlar maoşini qisqartiriş haqida qonun qabul qiliş lozimligi haqida turli takliflar bildirilyapti. Masalan, Rossiya kompaniyalarini boşqarayotgan top-menejyerlarning iş haqini qonuniy ravişda Rossiya boş vaziri olayotgan iş haqining uç barobari miqdoriça qisqartiriş taklif etilmoqda. Öşanda top-menejyerlarning yillik daromadi 30 million rubllik miqdordan oşib ketmaydi. Şuningdek, ayrim top-menejyerlarning özi ham iş haqiga çegara qöyilişiga roziligini bildirgan.
2019 yil davomida direktorlar kengaşi va boşqaruv kengaşi a'zolariga 4,4 milliard rubl miqdorida haq tölagan VTB banki top-menejyerlarning iş haqi çeklanadigan qaror qabul qilinişiga işonmaydi. Forbes naşri qölga kiritgan izohlarga köra, koronavirus pandemiyasi tufayli yomonlaşayotgan iqtisodiy şaroitlar sabab iş haqi tölovlarining hozirgi holati maqsadga muvofiqligi töğrisida VTB banki direktorlar kengaşi 2019 yil uçun tölanadigan dividendlar miqdorini belgilaganidan söng bir qarorga kelinadi.
2019 yil may oyida SSJ 100 samolyotining halokati tufayli «Aeroflot» top-menejyerlari ötgan yil davomida öz iş haqiga qöşib tölanişi lozim bölgan bonuslarni olişmagan. Aviakompaniyaning ötgan yilgi hisobotida asosiy boşqaruv xodimlariga 2,1 milliard rubl miqdorida iş haqi va mukofotlar tölangani qayd etilgan. Bunda nafaqat kompaniya rahbarlari, balki yerdagi va havodagi xodimlari ham nazarda tutilgan.
Yuqoridagi mablağning qançasi hanuz uni oluvçilarga yetib bormagani hisobotlarda yaşirilmayapti. Biroq 2019 yil 25 iyunda aviakompaniya hissadorlari yiğilişida «Aeroflot» boş direktori Vitaliy Savelev yuqori darajadagi top-menejyerlar falokat yuz berganda öz iş haqiga qöşib tölanadigan bonuslarni yöqotişi mumkinligi haqida gapirgan. Ya'ni, u ötgan yil may oyida röy bergan aviahalokat tufayli menejyerlarga ikkinçi çorakdan yil oxirigaça bonuslar berilmasligini aytgan.
Şunday bölsa ham, Forbes Rossiyaning eng saxiy kompaniyalari röyxatini tuzişda VTB hamda «Aeroflot» kompaniyalarini röyxatga qöşgan. Çunki ular Rossiyada boşqaruvçilariga eng katta haq tölaydigan kompaniyalar hisoblanadi.
Forbes tahlilçilari ötgan yildagi kabi Moskva birjasida kapitalizatsiyalaş yuqori bölgan 100ta eng yirik kompaniyalarning hisobotlarini körib çiqqan va ulardan 25tasini tanlab, asosiy boşqaruv xodimlariga maksimal darajada qança tölovlar tölayotganini tahlil qilgan. Tahlilda iş haqi va mukofot pullari kabi faqat qisqa muddatli iş haqi turlari hisoblab çiqilgan va suğurta, pensiya badallari qöşilmagan.
Röyxat tuzilgaç jurnal xodimlari ularni top-25 kompaniyalarga jönatib, kompaniyalardan rahbarlarga, menejyerlarga tölanayotgan iş haqi va mukofot pullari haqidagi ma'lumotlarni berişni söragan.
Şuningdek, bu yil naşr xodimlari «Gazprom» tarkibiga kiruvçi barça kompaniyalar, şu jumladan uning şö'ba korxonalaridan biri bölgan «Gazprom neft» kabi kompaniyalarni alohida kompaniyalar deb hisoblagan holda alohida hisobot söragan.
Ketma-ket ikkinçi yil öz boşqaruvçilariga va top-menejyerlariga yuqori iş haqi va mukofotlar tölaşda birinçi örinni «Norilskiy nikel» toğ-kon metallurgiya kompaniyasi egallagan. Bu kompaniya yil davomida menejyerlariga iş haqi va mukofotlar uçun 6,3 milliard rubl sarflagan. Bu 100 million dollar degani. Ikkinçi va uçinçi örinlarni iş haqi va mukofotlar uçun deyarli bir xil mablağ sarflagan «Novatek» korporatsiyasi va VTB banki band qilgan. Ular yil davomida öz boşqaruvçilariga iş haqi va mukofot tarzida 4,4 milliard rubl tölagan.
Jami 25 kompaniya öz boşqaruvçilari va top-menejyerlari uçun iş haqi va mukofotlar uçun 2020 yilda 60,4 milliard rubl ajratgan bölsa, ötgan yili bu körsatkiç 54,5 milliard rublni taşkil etgan. Bu yilgi röyxat iştirokçilaridan ötgan yilga nisbatan yettita kompaniya öz tölovlarini kamaytirgan. Masalan, boşqalariga qaraganda «Gazprom» (1,4 milliard rubldan 1,96 milliard rublgaça) va «Rosneft» (278 million rubldan 3,79 milliard rublgaça) öz xarajatlarini salmoqli ravişda qisqartirişdi. Forbes röyxatida keltirilgan 25 kompaniyaning öntasi davlat tomonidan nazorat qilinadi.
Röyxatdagi eng kamtar kapitalizatsiyaga ega bölgan kompaniya Arkadiy Rotenbergning hozir jiddiy sanksiyalarga uçragan «Mostotrest» kompaniyasi hisoblanadi. 2019 yil oxirida 32 milliard rubllik kapitalizatsiya körsatkiçlari bilan kompaniya boşqaruv tölovlariga 2,2 milliard rubl mablağ ajratgan.
Forbes röyxatida yetakçilik qilgan kompaniyalar beşligi:
«Norilskiy nikel»
Direktorlar kengaşi raisi: Penni Garet.
Prezident: Vladimir Potanin.
2019 yilda kompaniya boşqaruvçilari va top-menejyerlariga tölangan iş haqi va mukofot pullari miqdori 6,3 milliard rublni taşkil etgan.
2019 yilda kapitalazitsiya qiymati: 3 trillion rubl.
«Norilskiy Nikel»da boşqaruv a'zolarining iş haqi strategik maqsadlarga erişişga boğliq va belgilangan iş haqi (yarmiga yaqin) va bonuslardan iborat. Bonus qismi kompaniyaning iş faoliyatiga boğliq. «Norilskiy Nikel» direktorlar kengaşi va boşqaruv a'zolariga qarz va kredit bermaydi. Ötgan yili direktorlar kengaşining iş haqi 249 million rublni taşkil etdi.
«Novatek»
Direktorlar kengaşi raisi: Aleksandr Natalenko
Boşqaruv raisi: Leonid Mixelson.
2019 yilda kompaniya boşqaruvçilariga tölangan iş haqi va mukofot pullari miqdori: 4,4 milliard rubl.
2019 yildagi kapitalizatsiya qiymati: 3,8 trillion rubl.
«Novatek» oxirgi bir yilda iş haqi va mukofotlar uçun ajratiladigan mablağ miqdorini 1 milliard rublga oşirdi. Kompaniya direktorlar kengaşi a'zolarining yillik iş haqi yiliga 15 million, mukofot puli esa yiliga 4,5 million rublni taşkil etadi. Boşqaruv raisi va dirkektorlar kengaşi raisining iş haqi 30 million, mukofot pullari esa 3 million rublni taşkil etadi.
VTB
Kompaniya kuzatuv kengaşining raisi: Anton Siluanov.
Kompaniya prezidenti – boşqaruv raisi: Andrey Kostin.
2019 yilda kompaniya boşqaruvçilari va top-menejyerlariga tölangan iş haqi va mukofot pullari miqdori 4,4 milliard rublni taşkil etgan.
2019 yilgi kompaniyaning kapitalizatsiya qiymati: 591 milliard rubl.
Joriy yilda VTBda yuzaga kelgan jiddiy yöqotişlar sabab kompaniya menejyerlariga 2019 yilda berilişi lozim bölgan mukofot pullarini bermaslikni rejalaştiryapti. Bu masala haqidagi yakuniy qaror bank direktorlar kengaşining sentabr oyida ötkaziladigan yiğilişida çiqariladi.
«Sistema» aksiyadorlik moliya korporatsiyasi
Direktorlar kengaşi raisi: Vladimir Yevtuşenkov.
Prezident – boşqaruv raisi: Vladimir Çiraxov.
2019 yilda kompaniya boşqaruvçilariga tölangan iş haqi va mukofotlar miqdori 4,38 milliard rubl.
2019 yildagi kapitalizatsiya qiymati: 147 milliard rubl.
«Sistema» korporatsiyasi 2019 yilda öz boşqaruvçilariga tölanadigan iş haqi va mukofot pullarini 2018 yildagiga qaraganda 2,2 milliard rublga oşirdi. Bunga 2019 yilda kompaniyaning moliyaviy holati a'lo darajada bölgani bilan izoh berildi. Uşbu kompaniya 2019 yilda 53,4 milliard sof foyda kördi.
«Sberbank»
Kuzatuv kengaşi raisi: Sergey Ignatev.
Boşqaruv raisi: German Gref.
2019 yilda kompaniya menejyerlariga tölagan iş haqi va mukofotlar uçun 4,36 milliard rubl sarflagan.
2019 yildagi kapitalizatsiya qiymati: 5,5 trillion rubl.
2019 yilda «Sberbank»dagi menejyerlarga tölanadigan haq deyarli 800 million rublga oşdi. «Sberbank» boşqaruvi a'zolarining iş haqi qisman bankning natijalari va uşbu natijaga erişiş uçun har bir boşqaruv a'zosining şaxsiy hissasiga boğliq. 2015 yildan beri bank asosiy menejyerlarini uzoq muddatli rağbatlantiriş dasturi işlab kelmoqda. Dasturga köra, menejyerlar bank aksiyalari qiymati oşişiga qarab naqd pul tölaş yöli bilan rağbatlantiriladi. «Sberbank» kuzatuv kengaşining a'zosi yil davomida yiğilişlarning kamida yarmida qatnaşgan bölsa, u albatta mukofot pullarini oladi.
Forbes röyxatida şuningdek, Rosneft, TMK, Transneft, Mostotrest, Aeroflot, Magnit, M.Video-Eldorado, Gazprom neft, Gazprom, Gruppa PIK, ÇTPZ, Lukoyl, MTS, Polyus, Rusneft, Gruppa LSR, Inter RAO, Rusgidro, Rosseti, Tatneft kompaniyalari örin olgan.












