Xitoyning China National Biotec Group (CNBG) kompaniyasi koronavirusga qarşi işlab çiqayotgan ikkita vaksinasidan birining odamlarda sinalişi samarali natijalar berganini ma'lum qildi. 

Kompaniyada ta'kidlanişiça, dastlabki natijalarga köra, CNBG’ning Pekindagi bölimida işlab çiqilayotgan vaksina 1120 sinaluvçida koronavirusdan antitanalar hosil qilinişiga olib kelgan. 

Avvalroq, iyunda CNBG Uhandagi bölimi tomonidan sinovdan ötkazilayotgan yana bir vaksinasi sinaluvçilarda yuqori darajada antitanalar işlab çiqqanini körsatganini ma'lum qilgandi.  

Kompaniya joriy hafta boşida vaksinaning yakuniy – uçinçi bosqiçini ötkazişga BAAda ruxsat olganini ma'lum qilgandi. Biroq kompaniyada ikkita vaksinadan qaysi biri arab davlatida sinalişiga aniqlik kiritilmagandi.

OAVda ta'kidlanişiça, Xitoyda koronavirusdan 8 ta vaksina ustida iş olib borilmoqda va u bu borada dunyoda yetakçilik qilmoqda.

Biroq hozirda işlab çiqilayotgan birorta vaksina hali sinovlarning uçinçi bosqiçigaça yetkazilmagan. Bu bosqiç uçun minglab iştirokçilar talab etiladi va u koronavirus keng tarqalgan davlatda, ya'ni tabiiy muhitda sinalişi lozim.