Polkovnik Abdullayev Alişer Allambergenoviç IIV Akademiyasi boşliğining örinbosari-kadrlar boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, tayinlovga qadar Alişer Abdullayev IIV Akademiyasi boşliğining moliya va moddiy-texnika ta'minoti böyiça örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Şuningdek, podpolkovnik Ortiqboyev Fayzulla Qosimoviç Farğona viloyati IIB boşliğining örinbosari-kadrlar boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Fayzulla Ortiqboyev IIV Kadrlar boş boşqarmasi kasbiy tayyorgarlikni taşkillaştiriş boşqarmasi maxsus tayyorgarlik va malaka oşirişni muvofiqlaştiriş bölimi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.











