Developer-magnat Ayvan Koga qaraşli Victoria Harbour Group kompaniyasi noroziliklar va siyosiy noaniqlikdan çarçagan  hongkongliklar uçun Yevropada xususiy şahar qurişga qaror qildi. Bu haqda The Telegraph naşri yozmoqda.

«Biz hongkongliklarga u yerni tark etiş, lekin demokratik va erkin bölgan mamlakatlarda yaşaş, işlaş va oila quriş imkoniyatini bermoqçimiz», — dedi Ko.

Şahar öz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimiga ega, özi joylaşgan mamlakat hayoti bilan uyğunlaşgan muxtor şahar böladi. Şaharning yarmiga hongkongliklar, ikkinçi yarmiga esa u quriladigan mamlakat fuqarolari joylaşişi rejalaştirilmoqda. Koning hisob-kitobiga köra, u yerda ikki millionga yaqin kişi yaşaydi.

Hozirda Victoria Harbour Group turli mamlakatlardan böş yer izlamoqda. Şaharni şu yilning özidayoq tiklaş, barça kerakli infratuzilmani esa 2021 yilda şay qiliş rejalaştirilgan.  

Koning aytişiça, uning kompaniyasi törtta davlat hukumati bilan muzokara olib bormoqda, Irlandiya bunga alohida qiziqiş bildirmoqda.