AQŞda koronavirus yuqtiriş bilan boğliq yangi holatlar oxirgi sutkada 44,7 mingtaga oşdi, mingdan ortiq bemor vafot etdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma'lum qildi.

Universitetning ma'lumotiga köra, AQŞda oxirgi 24 soat içida 44 766ta zararlaniş holati qayd etilgan va 1277 bemor vafot etgan.

Bir kun avval bu körsatkiç mos ravişda 41556 va 337tani taşkil etgandi.

Jons Hopkins universiteti ma'lumotlarida körsatilişiça, mamlakatda jami 2,6 mln kişi koronavirus yuqtirgan, 127 mingdan ortiq kişi vafot etgan.  

Butun dunyo böyiça esa 10,4 millionta holat va 511 mingta ölim qayd etilgan.