
Urganç tumanidagi «Çölobod» mahallasida 5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. 2017 yilda mahallaning çekka hududida 134ta namunaviy loyihadagi uylar qurilişi boşlangan va 2018 yilda yakunlangan. Şundan söng bu yerga aholi köçib kelgan.
Mahalla hududini serqatnov yöldan katta zaxkaş ajratib turadi. Ammo uning ustiga qurilgan va xavfsiz bölgan, transport vositalari uçun möljallangan birorta köprik yöq. Bir joyda zaxkaş tuproq bilan kömilib, şunçaki yöl oçilgan, xolos. Har kuni önlab maşinalar, avtobuslar ötadigan «köprik»ning ahvoli mana şunday.

Bundan taşqari, zaxkaş ustidan ötadigan kanalizatsiya quvuri bir neça yillardan beri yorilib yotibdi. Natijada iflos suvlar oqib, atrofga sassiq, qölansa hidlar tarqalmoqda. Atigi bir neça ön metr masofada esa aholi uylari joylaşgan.

2018 yilda yangi uy-joylarga köçib kelgan odamlar gaz, elektr energiyasi, içimlik suvi ta'minotida muammo yöqligidan xursand bölişgan edi. Ammo ularni öziga xos «syurpriz» - «sovğa» kutib turgandi.
Gap şundaki, mahalla yaqinida çiqindi yiğiş poligoni joylaşgan bölib, Urganç şahri çiqindilari şu joyga taşlanadi. Bu poligon 1980-yillarda taşkil qilingan. Albatta 40 yil oldin poligon aholi yaşaş joylaridan yetarli daraja uzoqda bölgan. Ammo şahar va qişloqlar kengayişi natijasida, aholi yaşaş joylari poligonga ança yaqinlaşib qolgan. Ayni paytda poligondan «Çölobod» mahallasigaça bölgan masofa atigi 1–1,5 kilometrni taşkil qilmoqda.

Mana şu çiqindi poligonidan tarqalayotgan sassiq va qölansa hid odamlarni qiynab yuboryapti. Masofa uzoq bölsa-da, mahalla hududida çiqindilar hidi sezilib turadi. Odamlarning sözlariga köra, keçki paytda çiqindilar yoqib yuborilmoqda. Natijada, şamol esgan paytda badböy hidli tutun mahalla hududini xuddi tumandek qoplab olyapti. Odamlarning nafas olişi qiyinlaşib, köngil ayniş, qayt qiliş holatlari uçramoqda. Yozning issiq kunlarida esa çirib, aynib borayotgan çiqindilarning badböy hidlariga çidab bölmayapti.

Hozirgi vaqtda çiqindi yiğiş poligonidan «Urganç Avto Eko trans» MÇJ foydalanib kelmoqda. Avvalroq, mahalla aholisining bir neça bor yöllagan şikoyatlaridan söng, Xorazm viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi poligonda çiqindilarni joylaştiriş, zararsizlantiriş, saqlaş, kömiş, realizatsiya qiliş çoğida tabiatni muhofaza qiliş qoidalari buzilganini, şuningdek, «Çiqindilar töğrisida»gi qonunning 15-moddasi talablari (çiqindi bilan boğliq işlarni amalga oşiriş sohasida belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga, ekologik normativlarga rioya etiş) buzilgani aniqlangan va iş ma'muriy sudga oşirilgan.

Mahalla aholisi çiqindi yiğiş poligoni faoliyatining zararli oqibatlaridan aziyat çekayotgani, aholi orasida allergik va boşqa kasalliklar köpayib ketgani, şu sababli poligonni köçirib yuborişni sörab Xorazm viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasiga şikoyat xati bilan murojaat qilgan bölişiga qaramay, vaziyat özgarmaganini aytişmoqda.

«Urganç Avto Eko trans» MÇJ rahbari Eşçanboy Şexov bu masala böyiça izoh berdi.
«Çölobod» mahallasi yaqinidagi çiqindi poligoni 1982 yilda taşkil qilingan. Ammo allaqaçon çiqindiga tölib, öz vazifasini töliq bajarib, «yoşini yaşab» bölgan. Hozirgi vaqtda Qöşköpir tumanidagi 20 gektar çekka hududda zamonaviy çiqindi poligoni taşkil etiş rejalaştirilmoqda. Şu poligon işga tuşişi bilan «Çölobod» mahallasi yaqinidagi poligon rekultivatsiya qilinadi, zararsizlantiriladi va kömib taşlanadi. Çiqindi töplangan joylarda biogaz paydo bölişi tabiiy hol. U havo bilan aralaşib, yonğin keltirib çiqarişi mumkin. Albatta imkon qadar buning oldini olişga, bartaraf etişga harakat qilyapmiz», dedi u.

Xorazm viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi rahbari Otabek Qiliçev vaziyatga izoh berdi.
«Çölobod» mahallasi yaqinidagi çiqindi poligoni investitsiya dasturiga kiritilgan. U utilizatsiya va rekultivatsiya qilinadi, zararsizlantirilib, kömib taşlanadi. U yerga daraxtlar ekiladi, kollektorlar qaziladi. Qoraqalpoğiston va Xorazm viloyatidagi çiqindi poligonlarini rekultivatsiya, utilizatsiya qiliş uçun Germaniyadan 60 mln dollarlik investitsiya jalb qilingan. Şu dastur doirasida Xorazm viloyatida 3ta yangi çiqindi poligoni Qöşköpir, Boğot va Tuproqqal'a tumani hududida barpo qilinişi rejalaştirilgan. Hozir loyihalaş işlari ekspertizadan ötkazilmoqda», dedi u.

Hozirça yangi çiqindi poligonlari qaçon işga tuşirilişi, eskilari qaçon utilizatsiya qilinişi haqida heç kim aniq ma'lumot berolmayapti. Çölobodliklar esa yillar davomida e'tiborsiz qoldirilgan ijtimoiy muammolarning hal qilinişini, köprik qurib berilişini, kanalizatsiya quvuri ta'mirlanişini, poligondan tarqalayotgan sassiq tutun va badböy hid bartaraf etilişini söramoqdalar. Ular ham «odamga öxşab yaşaşga» haqli ekanini ta'kidlaşmoqda.
Nurmuhammad Said












