Özbekistonda plastik, şişa va alyuminiy içimlik idişlarini alohida yiğiş va qayta işlaşga topşirişni rağbatlantiruvçi pilot loyiha işga tuşirildi. Bu haqda Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi xabar berdi.

Loyiha agentlik hamda Norvegiyaning çiqindilarni avtomatik yiğiş va saralaş texnologiyalari bilan şuğullanuvçi TOMRA kompaniyasi hamkorligida amalga oşirilmoqda.

Aholi plastik, şişa va alyuminiy içimlik idişlarini maxsus fandomatlarga topşirib, har bir idiş uçun 150 söm olişi mumkin (idiş paçaqlanmagan, böş va maksimal uç litrli ölçamda bölişi zarur).

Fandomatning ostki qismida plastik, şişa, alyumin idişlar uçun alohida uçta konteyner joylaştirilgan. Qabul qilingan alyumin, plastik idişlar konteynerlarga presslab joylanadi, ularning har biriga 20 mingtadan ziyod idiş siğadi. Şişa idişlar esa öz holiça yiğiladi.

photo_2026-09-24_14-09-10
photo_2026-09-24_14-09-15

Mablağ Click elektron hamyoniga ötkazib beriladi.

Şuningdek, foydalanuvçilar pulni xayriyaga yönaltirişi mumkin. Bunda yiğilgan idişlarni sotişdan tuşgan mablağlar xayriya maqsadlari va daraxt ekiş taşabbuslariga sarflanadi.

Bunday fandomatlardan birinçisi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasining Toşkent şahridagi asosiy binosi oldiga örnatilgan.

photo_2026-09-24_14-42-53

«Fandomatlar içimlik idişlarini boşqa maişiy çiqindilarga aralaştirmasdan alohida yiğiş va ularni qayta işlaş imkoniyatini yaratadi. Saralangan materiallardan ikkilamçi xomaşyo olinib, yangi mahsulotlar işlab çiqarişda qayta foydalaniş mumkin. Bu esa tabiiy resurslardan foydalanişni kamaytiriş hamda çiqindilarning köçalar, suv havzalari va poligonlarga tuşişini qisqartirişga xizmat qiladi», – deyiladi agentlik matbuot xizmati xabarida.

Hozirça bunday fandomat Toşkent şahridan taşqari Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumanida ham örnatilgan.

photo_2026-09-24_14-42-37