Prezident Şavkat Mirziyoyev 10-sentabr kuni çiqindilarni boşqariş tizimini takomillaştiriş, ularni qayta işlaş va elektr energiyasi işlab çiqariş böyiça investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanişdi.

2026–2027-yillarda çiqindilarni yoqiş orqali elektr energiyasi işlab çiqariş böyiça Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda oltita investitsiya loyihasini amalga oşiriş belgilangan. Ularning umumiy qiymati 933 million dollarni taşkil etadi.

Loyihalar Qaşqadaryo, Samarqand, Toşkent, Andijon, Farğona va Namangan viloyatlarida amalga oşirilmoqda.

1-sentabr holatiga köra, loyihalar doirasida 286,8 million dollar investitsiya özlaştirilgan. Mahalliy mahsulot va xizmatlar xaridi 76,6 million dollarga yetgan, quriliş işlariga esa 2 ming nafar mahalliy işçi jalb qilingan.

Qaşqadaryo va Samarqanddagi zavodlarni 2026-yilda, qolgan tört hududdagi quvvatlarni esa 2027-yilda işga tuşiriş rejalaştirilgan.

Oltita korxona töliq quvvatda işlay boşlagaç, yiliga 3,6 million tonna qattiq maişiy çiqindi qayta işlanib, 1,6 milliard kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqariladi. Bu poligonlarga tuşadigan yuklamani kamaytiriş va “nol çiqindi” tamoyiliga bosqiçma-bosqiç ötişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Taqdimotda Singapur, Janubiy Koreya va Xitoy kompaniyalari iştirokida yana beşta istiqbolli loyiha ham körib çiqildi. Ularning umumiy qiymati 625 million dollar bölib, Qoraqalpoğiston, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro va Xorazmda amalga oşirilişi nazarda tutilgan.

Uşbu beşta loyiha amalga oşirilsa, yiliga yana 1,9 million tonna maişiy çiqindi qayta işlanib, 635 million kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqariladi. Şuningdek, 500 ta yangi iş örni yaratilişi, 158 million kub metr tabiiy gaz tejalişi va issiqxona gazlari çiqindilari 316 ming tonnaga kamayişi kutilmoqda.

Prezident loyihalarni jadallaştiriş, investorlar uçun zarur infratuzilma va taşkiliy şaroitlar yaratiş, mahalliylaştiriş darajasini oşiriş hamda kadrlar tayyorlaşga eʼtibor qaratiş böyiça topşiriqlar berdi.

Şuningdek, Green University, Samarqand davlat universiteti va Qarşi davlat universiteti bilan hamkorlikda çiqindi yoqiş zavodlari uçun 1 ming nafar mutaxassisdan iborat kadrlar zaxirasini şakllantiriş vazifasi belgilandi.