Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti Qirğiziston va Qozoğistonni koronavirusga çalinganlar soni jadal ösayotgan davlatlar toifasiga kiritdi.
“Oxirgi 2 haftada kamida 30 davlat yoki hududda koronavirusga çaliniş böyiça yangi holatlar köpaydi. Bu davlatlardan 11tasida koronavirus tarqalişi jadallaşişi köplab yangi kasallaniş holatlariga olib keldi. Agar bu holatlar e'tiborsiz qoldirilsa, ular yana soğliqni saqlaş tizimini xavf ostiga qöyadi”, deb aytgan JSSTning Yevropa byurosi direktori Xans Klyuge.
JSST bayonotiga köra, virus jadal tarqalayotgan davlatlar toifasiga, şuningdek, Ozarboyjon, Armaniston, Ukraina, Moldova, Albaniya, Şimoliy Makedoniya, Bosniya va Gersegovina, Kosovo va Şvetsiya kiritilgan.
Umumiy hisobda JSSTning Yevropa byurosi 54 ta davlatni qamrab olib, ular qatoriga Qirğiziston va Qozoğiston ham kiradi.













