UFC böyiça jahon çempioni rossiyalik Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov vafot etdi. Bu haqda Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov özining telegram-kanalida yozdi.
«Döstlar, menga Abdulmannop Nurmagomedov dunyoni tark etgani haqida qayğuli xabar yetib keldi. Çeçen xalqi nomidan Abdulmannop Magomedoviçning oilasiga hamdardlik bildiraman», deb yozgan Qodirov kanalida.
Ma'lumot uçun, Abdulmannop Nurmagomedov aprel oyining oxiridan buyon kasalxonada yotgandi. U avvaliga oğir yurak operatsiyasini boşdan keçirgan, keyinçalik murabbiyning tanasida koronavirus aniqlangan. Habib Nurmagomedov otasini davolaşda yordam beriş uçun Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilgan va sportçining otasiga yuqori darajada tibbiy yordam körsatilgan.
Yaqinda Habib Nurmagomedov otasining ahvoli haqida ma'lumot berib, u koronavirusdan xalos bölgani, ammo yurak va buyrakning zaiflaşgani sabab hamon ahvoli oğirligiça qolayotganini aytgandi.













