Rossiyada Sud ijroçilari UFC sobiq çempioni Habib Nurmagomedovning 79 mln rublga (≈11,6 mlrd söm) teng mulkini xatladi. Bunga sportçining Federal soliq xizmati (FSX) oldidagi 302 mln rubl (≈44,3 mlrd söm) miqdoridagi qarzi sabab bölgan.

Sud ijroçilari tomonidan olib qöyilgan mulklar röyxatida Nurmagomedovning Doğistondagi uyi, şuningdek, 6 ta qimmatbaho avtomobili: Ferrari California T, Mercedes-Benz AMG Gs, Mercedes-Benz S-Class, BMW 7, Toyota Land Cruiser va Toyota Tacoma bor.

Avvalroq, FSX Habib Nurmagomedovning soliq, penya va jarimalarni tölamagani uçun bank hisob raqamlarini hibsga olgan edi. Bundan taşqari, soliq xizmati sportçining bir qança kompaniyalarini, jumladan turizm faoliyati bilan şuğullanuvçi «Hikmet Travel»ni yopdi. Bunga rasmiy hujjatlardagi işonçsiz ma’lumotlar sabab bölgani ta’kidlanmoqda.

Ayni damda Habib Nurmagomedov Dubayda yaşayapti. U va uning jamoasi yaqin vaqt içida Doğistonga uçib ketişi rejalaştirilgan.

Habib Nurmagomedov 35 yoşda. U aralaş yakkakuraşlarda birorta ham mağlubiyatga uçramagan (29 ta ğalaba, 19 ta jangni muddatidan avval yakunlagan).

Nurmagomedov 2018 yilda irlandiyalik Konor Makgregorni mağlub etib, çempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ularning bahsi MMA tarixidagi eng yuqori daromad keltirgan jangga aylandi (umumiy daromad 200 million dollardan oşiq).

2020 yil oktyabr oyida Nurmagomedov faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. 2022 yil iyul oyida u UFC Şon-şaraf zaliga kiritildi.