Bugun, 3 iyul kuni, AOKA huzuridagi ştabda bölib ötgan brifingda Toşkent şahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boşqarmasi bölim boşliği Sanjar Qosimov propiska bilan boğliq masalalar yuzasidan ma'lumot berdi.
«Özbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yaşaş va vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga oliş işlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oşiriş imkoniyatini yaratiladi.
Bunda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi «Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boşqariş markazi» DUK bilan birgalikda 2020 yil 1 avgustgaça Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Özbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yaşaş va vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga oliş bilan boğliq jarayonlarni amalga oşiriş maqsadida tegişli axborot tizimlarini Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilinadi», dedi Qosimov.
Qöşimça qilinişiça, doimiy yaşaş va vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga olinganda tegişli idoralarga davlat xizmatlarining avtomatik tarzda körsatilişi uçun xabarnoma yuborilişini taşkillaştirş, barça doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olişni talab etadigan davlat xizmatlari hamda boşqa ma'muriy tartib-taomillarni vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga oliniş orqali amalga oşiriş imkoniyatini yaratiş yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilmoqda.











