Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti 4 iyulda butun dunyo böylab rekord sonda koronavirusga çaliniş holati qayd etilganini ma'lum qildi.
JSST ma'lumotlariga köra, dunyoda koronavirusga çalinganlar soni sönggi sutkada 212326 nafarga köpaygan. Eng köp kasallaniş holatlari AQŞ, Braziliya va Hindistonda qayd etilgan.
Sutkalik kasallanişlar böyiça avvalgi antirekord 28 iyunda qayd etilgandi va öşanda kasallanganlar soni 189 mingdan köproqni taşkil etgan.
Koronavirusdan ölimlar soni kuniga 5 ming atrofida saqlanib qolmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, ayni vaqtda dunyoda koronavirusga çalinganlar soni 11,3 mlndan, undan vafot etganlar soni 533 mingdan oşib ketdi. Şu bilan birga, 6,4 mlndan köproq kişi koronavirusdan foriğ bölgan.












