Jahon banki koronavirus pandemiyasi bilan boğliq şaroitda dunyo iqtisodiyoti bilan boğliq vaziyatni qayta baholadi. Unga köra, virus tarqalişi böyiça karantin çoralari jahon iqtisodiyotiga öta salbiy ta'sir körsatgan. Xalqaro moliya muassasasi hisobotida qayd etilişiça, pandemiya jahon iqtisodiyotini çuqur turğunlikka tuşirgan.

Bank hisob-kitoblariga köra, bu yil sayyora iqtisodiyoti 5,2 foizga pasayadi. Bu raqam 2-Jahon uruşidan keyingi eng jiddiy pasayiş hisoblanadi. Aholi jon boşiga işlab çiqariş hajmining qisqarişi 1870 yildan keyingi davr içida eng köp davlatni qamrab oladi. Bu haqda Jahon bankining 2020 yil iyun oyi uçun e'lon qilgan «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» hisobotida söz yuritilgan. 

Içki talab va taklif, savdo va moliyaga körsatgan jiddiy ta'sirlar oqibatida rivojlangan iqtisodiyotga ega mamlakatlarda iqtisodiy faollik 7 foizga qisqarişi kutilmoqda. 

Bozor munosabatlari şakllanayotgan va rivojlanayotgan mamlakatlarda oxirgi 60 yillikdagi oğir turğunlik kuzatiladi. Bu raqam 2,5 foizni taşkil etişi kutilmoqda. Uşbu davlatlarda aholi jon boşiga daromadlar 3,6 foizga pasayişi millionlab insonlarni öta qaşşoqlikka tuşirib qöyadi, deyiladi hisobotda.
 
Ayniqsa, jahon savdosi, turizm, xomaşyo eksporti va taşqi moliyalaşga boğliq mamlakatlardagi vaziyat oğirlaşadi. 

«Ehtimol, bu inqiroz çuqur iz qoldiradi va butunjahonning yirik muammolariga sabab böladi, – deya tan olgan Jahon banki vitse-prezidenti Jyeyla Pazarbaşioglu. – Bizning eng birinçi vazifamiz, soğliqni saqlaş va iqtisodiyotdagi global favqulodda vaziyatni ortda qoldirişdir. Şundan söng, jahon hamjamiyati iqtisodiyotni tez va barqaror jonlantiriş hamda qaşşoqlik va işsizlik ösişiga yöl qöymaslik uçun sa'y-harakatlarini birlaştirişi kerak».